Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Va’da

Chet tilidan har darsda

Bo‘ladi g‘oyib —

Qo‘yish lozim Sobirni

Jiddiyroq koyib.

Butun sinf hujumga

O‘tgach, amalda,

Taslim bo‘ldi aybdor —

Qoldi qamalda.

Qilmishiga pushaymon,

Boqdi mo‘ltirab: —

Chet tilidan qochmayman

Men endi sira!

Va’dasini buzmaydi

O‘shandan buyon:

...Hozir tarix darsidan

Bo‘lyapti quyon!

 

Rustam NAZAR

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.