Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bu – qiziq

Krossvord 110 yoshda

O‘quvchilarimiz jurna­limizda berib borila­­yotgan topqirlik mashqlarini ma­­roq bilan hal etib, bilimlarini oshirishga odat­lanishgan. Ular uchun bunday mashq­lardan krossvordning kim va qachon ixtiro qilganligini  bilish ham juda qiziq. Bu an’anaga  110 yil to‘l­di. Hozirda krossvordning vatani sifatida…

To‘liq...

Yetti xazina

– Buvijon, yetti xazina nima degani? – deb so‘radi kunlarning birida maktabdan qayt­gan Azizbek buvisidan. – O‘qituvchimiz keyingi darsgacha shuni kattalardan so‘rab, bilib kelinglar, deb topshiriq berdi. Menga shu haqida gapirib bering.

–   Yaxshi, aytib beraman. Sen avval kiyimlaringni almashtirib chiq.

Kiyimlarini almashtirib…

To‘liq...

Arximed kashfiyoti

Ulkan kashfiyotlar muallifi, italiyalik fizik olim Arximed shunday hikoya qiladi: “Qirolimiz Xiero meni tez-tez yoniga chaqirib, yangi ixtirolarim haqida surishtirardi. Bir safar u mendan bir muammoga yechim topishda ko‘maklashishni so‘radi. Qirol zargarga kerakli miqdorda  oltin berib, undan yangi toj yasashni buyurgan. Toj tayyor bo‘lgach…

To‘liq...

TOPISHMOQLAR

***

Yeldek yelar qish-u yoz,

Po‘lat izlar poyandoz,

Yaqin qilar yiroqni,

Ummon, shahar, qishloqni.

 

***

Olisdagi diydorni

Yaqin qiladi oson.

Dildan suhbat qurishga

Yaratar cheksiz imkon.

 

***

Yassi ekran, mustahkam,

Unda olam siri jam.

“Sichqoncha”ga aytsang bas,

Xizmatga tayyor shovvoz.

 

***

Qaldiroqda qaltirab

Qumda ko‘rindi.

Ildizi…

To‘liq...

INTERNET IRMOG‘I  

MILLIONNI KIM IXTIRO QILGAN?

Siz raqamlarni  sanab ketaverasiz, ketaverasiz, ular millionga yetganda voy-bo‘ deb yuborasiz.  Biroq ayting-chi, biror marta million sonini kim o‘ylab topgan deb o‘ylaganmisiz? O‘ylamagansiz. Hayotda esa har bir narsaning o‘z tarixi bor.  Xuddi shunday millionning  ham. Xullas... Kunlardan bir kuni…

To‘liq...

“Open Asia” iste’dodlilarni chorlaydi

O‘zida iste’dod borligini sezganlar uni san’at darajasiga yetkazishga tirishadilar va bu qobiliyatni dunyo tan olishini orzu qilishadi.

Sergeli tumani Madaniyat markazining “Yangi-avlod Erkatoy-Elnur” namunali bolalar vokal va raqs jamoasi ham kichik ko‘nglida katta maqsadlarni tugib, ko‘plab xalqaro tanlov va festivallarda iste’dodini olamga…

To‘liq...

Okeanariumga sayohat

Cho‘kib ketgan Atlantida, dengiz tubi, suv osti jonzotlari, gigant akulalar – bularning barini Magic Okeanariumga sho‘ng‘igan kishi biladi. Bu maskandagi akvariumda 3 mingdan ortiq daryo va dengiz mavjudotlari yashaydi. Akvarium chuqurligi 3,8 metr bo‘lib, uzunligi 20 metrgacha tunellar orqali cho‘zilib boradi.

Suv osti saltanatiga kirishingiz…

To‘liq...

Antiqa qoʻziqorinlar

  1. Koʻk qoʻziqorin: bu yorqin shlyapali ko‘m-ko‘k qo‘ziqorinni ko‘rgan zahoti yeb qo‘ygingiz keladi. Qo‘rqmay yeyavering, taomnomada o‘rni bor. Diametri 7sm. dan 15 sm. gacha. Amerika va Osiyo bozorlarida uni sevib xarid qilishadi.
  2. Yomgʻir qoʻziqorinlari: aytaylik, o‘rmonda ketayotib bilmasdan qo‘ziqorinni bosib oldingiz... Shu tobda u siz…

To‘liq...

Harflarga haykal

Kitoblar – tafakkurni oʻstiruvchi omil. Kitoblar soʻzlardan, soʻzlar esa harflardan tashkil topishini hammamiz yaxshi bilamiz. Ana shu bilimlar kaliti boʻlgan harflarni qadriga birinchi boʻlib yetgan rossiyaliklar mamlakat shaharlarida ularga haykal qoʻydi.

Alifboni boshlab bergan “A” harfiga Novosibirsk shahrida haykal oʻrnatilgan. Aslida,…

To‘liq...

Devorning qulogʻi bormi?!

Ona tilimiz shu qadar boy va chiroyliki, undagi soʻz oʻyinlari aqlingizni shoshirishi bejiz emas. Buni quyidagi soʻz oʻyinlari asosiga qurilgan savollar orqali ham bilib olish mumkin. Barcha savollarga toʻgʻri javob yoʻllagan oʻquvchilarni “Gulxan”ning maxsus sovgʻalari kutmoqda.

 

1-savol: Xalqimizda “Devorning ham qulogʻi bor”, degan ibora…

To‘liq...

Hamma gap quloqda

Uyimizning biror xonasida bolalar baqirishi, musiqa chalishi yoki qoʻshiq kuylashi mumkin. Lekin bu ovozlar kishiga aks-sado boʻlib qaytib kelmaydi. Agar ovozlar kattaroq zalda, maydonda yoki baland togʻlar oraligʻida boʻlsa-chi? Aslida tovushlar-ovozlarning eshitilishi hamma yerda bir xil boʻladi. Faqat ovozlar tor joyda devorga urilib oʻzimizga…

To‘liq...

Koʻzingiz oʻrganguncha

Agar kunning yorugʻ paytida yarim qorongʻu xonaga kirib qolsangiz, koʻzingiz hech narsani koʻrmay, hammayoq zulmatga aylanadi. Aksincha, qorongʻu xonadan yorugʻlikka chiqsangiz, koʻzingiz qamashib ketadi. Oradan biroz oʻtgach koʻzlaringiz yorugʻlikka yoki qorongʻulikka ham oʻrganadi. Koʻz sohasini oʻrganuvchi olimlar bu holatlarni quyidagicha…

To‘liq...

Nima uchun esnaymiz?

Odatda, uyqumiz kelganda esnaymiz. Biroq biz tongda uyqudan toʻyinib turgach ham bir-ikki esnab olamiz. Gohida zerikkanimizda bekorchilikdan ham esnoq tutadi. Bu ikki xil vaziyatdagi esnoqning oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor? Esnoq nima oʻzi?

Esnash bu – chuqur nafas olib, nafas chiqarishdir. Kechqurun charchaganimizda, uxlashdan avval esnaymiz.…

To‘liq...

Tvorogli quymoqchalar

Kerakli mahsulotlar: 400 gramm tvorog, 100 gramm shakar, 820 gramm un, 1 dona tuxum, 0,5 qoshiq vanilin.

Tayyorlanishi: Idishga tvorog, shakar, un, tuxum, vanilin solib xamir qoriladi. Xamirni qattiq aralashtirib qorib boʻlmaydi, suyulib ketishi mumkin. Stol ustiga un sepib tvorogli qorishma uzun, qalin arqon shakliga…

To‘liq...

Nonushta uchun

Kerakli mahsulotlar: 1 bogʻ koʻkpiyoz (yana boshqa koʻkatlar qoʻshsa ham boʻladi), 2 dona tuxum, 3 osh qoshiq un, 3 osh qoshiq yogʻ, 0,5 choy qoshiq razrixlitel, un, tuz, murch, (tuyilgan qizil qalampir), quritilgan sarimsoq talqoni.

Tayyorlanishi: Koʻk piyoz mayda qilib toʻgʻraladi va tuxum, ziravorlar, razrixlitel, un,…

To‘liq...

Pecheniy

Kerakli mahsulotlar: 2 dona tuxum, 140 gramm shakar, bir chimdim tuz, 130 ml.oʻsimlik yogʻi, 2,5–3 piyola un, 1 choy qoshiq razrixlitel, 2 osh qoshiq kakao.

Tayyorlanishi: Tuxum bilan shakarga tuz solib koʻpirtiriladi. Aralashma oqarib koʻpirgandan keyin yogʻ solib, yana aralashtiriladi. Soʻng un bilan razrixlitel…

To‘liq...

Gullar yomgʻirdan soʻng koʻproq xushboʻy taratadimi?

Maʼlumki, gullardagi efir moylari yomgʻirdan soʻng koʻproq bugʻlanadi. Natijada gullar atrofga yanada koʻproq ifor taratadi. Buning sababi shundaki, yomgʻirdan keyin uning tomchilari gulning nektarli qismiga yigʻilib, hid taratuvchi moddalari bilan uning tarkibiga aralashib ketadi. Ikki suyuqlik aralashmasi quyosh nurida koʻproq bugʻlana boshlaydi.…

To‘liq...

Nega junjikamiz?

Shifokor olimlar eti uvishayotgan, sovuqdan junjikayotgan odamlarning tana haroratini oʻlchab koʻrishibdi. Ularning harorati odatdagidan 1–2 daraja yuqori chiqibdi. Junjikish – bu muskullarning tez qisqarishidan hosil boʻladigan holat. Odatda, koʻproq harakat qilsak, tanamiz qizib, hatto terlab ham ketamiz. Aksincha boʻlsa-chi, yaʼni sovuq…

To‘liq...

Qanday farqlaymiz?

Tovuq tuxumlarini suvda pishgani bilan xomini yonma-yon qoʻysak, ularni ajratib boʻlmaydi. Tagʻin farqlash uchun ularni chaqib oʻtirmang. Tuxumlarni stol ustida bir aylantirib koʻring. Pishmagan tuxum oʻzini darrov sotib qoʻyadi, yaʼni bir-ikki aylanib toʻxtaydi. Qaynatilgani esa xomiga nisbatan ikki uch marta koʻproq aylanadi. Nima uchun, degan…

To‘liq...

Kitob oʻqish zaralimi?

Koʻpchilik odamlar kitobni yotib oʻqishni yaxshi koʻradi. Biroq bu sogʻliq uchun juda zararli. Chunki odam yotib kitob, gazeta, jurnal oʻqiganda miyada qon aylanishi tezlashib, miya faoliyatining meʼyordan tashqari bosimda harakatlanishiga, qon tomirlarining kengayishiga sabab boʻladi. Bu bosim koʻz nuriga ham yomon taʼsir qiladi. Natijada koʻp…

To‘liq...

Rus xalq topishmoqlari

Tishlamaydi, hurmaydi,

Qadam tashlab yurolmas,

Lekin u turgan joyda,

Hech kim uyga kirolmas.

 

* * *

Ajoyib bir gʻalvir bor,

Ichida uylar qator.

Baʼzilari qop-qora,

Chiziqli, yogʻli, sara...

 

 

* * *

Qavat-qavat poʻstinli

Bir otaxon oʻltirar.

Kim uni yechintirsa,

Koʻzlariga yosh toʻlar.

 

 

* * *

Kimki, uyga kirsa gar,

Avval…

To‘liq...

Yurak qachon dam oladi?

Kattalardan eshitgansiz: yurak tanaga qon haydovchi sifatida 24 soat tinmay ishlaydi. Nafaqat uxlayotganimizda, hatto tush koʻrayotganimizda ham u gup-gup urib turadi. Biz kun boʻyi harakat qilib, tunda hordiq chiqaramiz. Uxlasak toliqqan qoʻl-oyoqlarimiz, koʻzimiz va boshqa tana aʼzolarimiz ham dam oladi. Yurak-chi, u qachon dam oladi? Yurak…

To‘liq...

Tovuqlar nega tosh yutadi?

Koʻpchilik yurtdoshlarimiz hovlisida xoʻroz, tovuq, kurka va boshqa donxoʻr parrandalarni boqadi. Ayniqsa, keyingi yillarda parrandachilik bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar soni ortib bormoqda. Hech kuzatganmisiz, ana shu donxoʻrlar don choʻqilayotganida kichik toshlarni ham butun-butun yutib yuborishadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, kun…

To‘liq...

Mashhurlar qorongʻida koʻradimi?

Koʻpchilik odamlar negadir mushuklar va tungi qushlar (boyoʻgʻli, ukki, koʻrshpalak) qorongʻida yaxshi koʻradi, deb oʻylaydi. Bu notoʻgʻri fikr. Tim qorongʻida mushuklar va tungi qushlar hech narsani koʻrmaydi. Biroq ularning koʻzi birozgina Oy shuʼlasi yoki qayerdandir tushayotgan nim yorugʻlikda ham juda aniq koʻradi. Sababi, ularning koʻz…

To‘liq...

Zakovat sayyorasi

1. AQSH hukumati uni qirqinchi shtat sifatida o‘z mamlakatiga qo‘shib olmoqchi edi. Ular bu hududga ilg‘or texnologiyalarni joylashtirmoqchi va rivojlantirmoqchi bo‘lgan edi. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra, bunga erisha olmadilar. Bu qaysi joy  edi?

 

2. O‘rta asr hind hakimlari o‘zi yemay, birovga ham bermay, bir dunyo xazina to‘plagan…

To‘liq...

Topishmoqlar

Osmonning qalam qoshi,

Qorongʻuning quyoshi.

 

* * *

Oppoq qandga oʻxshaydi,

Ustoz bilan ishlaydi.

Doskada urar javlon,

Raqamlarga berib jon.

 

* * *

Oy, quyoshni koʻrmaydi,

Qor, yomgʻirni bilmaydi.

Yoʻlida yoʻq svetofor,

Toʻxtatolmas biror zoʻr.

* * *

Yassi ekran, mustahkam,

Unda olam siri jam.

Fayilini topsang bas,

Ishga tushadi…

To‘liq...

Jumboqli savollar

Qattiq shamolda yoʻldagi daraxt sinib tushib, yoʻl chetidan ketayotgan bolaning boshini yorib yuborganini koʻrdim. Katta yoʻl oʻrtasida esa mashinalar qatnovi juda zich. Endi qayerdan yurish kerak?

***

Buvim yozning issiq kunida daraxtlarni sugʻor, deydilar. Ariqda suv yoʻq. Bobom quvurdan kelayotgan ichimlik suvini daraxtlarga quyib, uvol qilma…

To‘liq...

Dunyodagi antiqa va gʻaroyib mevalar

Bolalar, siz jannatmonand yurtimiz bogʻlarida bolga toʻlib pishadigan olma, anor, nok, anjir, shaftoli nomini eshitishingiz bilan muattar hidlari-yu, shirin-shakar mazasini his qilasiz, ogʻzingizni suvi qochadi.

Ammo dunyoda koʻz koʻrib, quloq eshitmagan shakli shamoyil-u taʼmga ega shunaqangi gʻaroyib mevalar ham borki, hayratdan yoqa ushlaysiz.…

To‘liq...

Topishmoqlar

Qattiq, yumshoqdir jismim,

Xatoni oʻchirgum jim.

Eng yaqin doʻstim chizgʻich,

Meni derlar...

 

Gullari mayda-mayda,

Boʻyogʻi siyoh rangda.

Sogʻintirib xush atrin,

Ochiladi...

 

Osmon uning otasi,

Bulutlar-chi onasi.

Kuz, bahorda joʻshadi,

Uning shoʻx ashulasi.

 

Yogʻib qolsa qor, yomgʻir,

Izlab qolasiz zir-zir.

Usti-boshingiz omon,

Uning…

To‘liq...

Tez aytishlar

Katta-katta koʻzmunchoq,

Koʻylagimga koʻrk munchoq.

 

Chumchuq, chittak chugʻurlashib,

Chumolini choʻqir shoshib.

 

Temur turnikda turibdimi,

Turgʻun tepada yuribdimi?

 

Mard maydonda mardona,

Nomard mardga begona.

 

Oʻyinni oʻylab oʻynadim,

Oʻyinni oʻynab oʻynadim.

 

U yon-bu yon yurar quyon,

Yov yovlasa yugurar quyon.

Zahro…

To‘liq...

Uyqudan turayotib

Eng yomon koʻrganingiz tongda sizni uygʻotishga chorlab jiringlagan soat yoki telefon qoʻngʻirogʻining ovozi ekanligi aniq. Ishonavering, bu ovozni nafaqat siz, balki kattalar ham yomon koʻradi. Chunki inson tanasi ertalab oʻrnidan turishni yoqtirmaydi.

Ammo, 7–8 soat uxlagach, albatta, uygʻonishni odat qiling. Uygʻongach, chuqur nafas oling.…

To‘liq...

Qachon boʻyingiz oʻsadi

Bolalar, siz tez-tez buvingiz yoki onangizdan, “bolamning boʻyi oʻsib ketibdi, bahorda olib bergan koʻylagim kuzda kalta boʻlib qolibdi!” – degan gaplarni eshitgansiz.

Bu – bor gap. Shifokorlarning maʼlum qilishicha, bolalar tanasidagi suyaklar oʻsuvchan boʻladi. Shuning uchun ham boʻyingiz tez oʻsadi, oyogʻingiz oʻlchami kattalashadi. Hammani…

To‘liq...

Bola kulsa, olam kuladi

Oʻqituvchi:

– Salimov, qani aytchi, quyosh bilan elektr chirogʻi oʻrtasida qanday farq bor?

Oʻquvchi:

– Quyosh tekinga nur sochadi. Elektrga esa pul toʻlanadi.

 

 

***

Valijon koʻchadagi “Matiz”ga qarab turib dadasidan soʻradi:

– “Matiz” katta boʻlgach “Spark” boʻladimi?

 

***

Ota:

– Oʻgʻlim, chorak baho qoʻyilgan tabelingni olib…

To‘liq...

“Xalq va vatan kuychisi” boshqotirmasi

KRIPTOGRAMMA Kalit soʻzlar: 1.1983–1985-yillarda shoir bosh muharrirlik qilgan sevimli jurnalimiz – “7,14,8, 18,1, 4”.

2. Abdulla Oripov ustoz deb bilgan atoqli shoir, akademik – 10,15,2, 17,16.

3. Shoir onasining ismi – 12,14,3, 9,5, 18,10,8.

4. “Abdulla Oripov. Shoir! Shoir boʻlganda ham anov-manovlardan emas. Xudo butun qilib berganlardan.…

To‘liq...

“Shoh va shoir” boshqotirmasi

CHAYNVORD

1. Boburning qomusiy asari. 2. Shoir tavallud topgan shahar. 3. Adabiy janr. 4. Sheʼriy janrda yozilgan risola nomi. 5. Bobur onasining ismi. 6. Shoh va shoir qadamjolarini oʻrgangan boburshunos, “Asrlarni boʻylagan Bobur” asari mualliflaridan biri. 7. Bobur muqaddas va aziz deb bilgan, bir umr talpingan makon. 8. Bobur ixlos qoʻyib obod…

To‘liq...

“Donishmand shoir” boshqotirmasi

AYLANMA KROSSVORD Shaklda belgilangan xonadan raqam atrofiga soat mili yoʻnalishida: 1. Alisher Navoiy ustoz deb bilgan ozarbayjon shoiri, mutafakkir. 2. Zamonasining yetuk shoiri, Alisherning togʻalaridan biri. 3. “Sabbai sayyor” dostoni qahramoni. 4. Navoiy yuqori baho bergan adib – “Nodir voqealar” asari muallifi. 5. Nazm ijodkorlari musobaqasi.…

To‘liq...

“Gulxan”da xanda

– Dada, oʻqituvchimiz aytdi-ki, biz yerning tortishish kuchi sababli yer ustida bemalol yurarkanmiz. Shu toʻgʻrimi?

– Toʻgʻri, oʻgʻlim.

– Qiziq, bu qonun kashf etilmasidan avval odamlar qanday yurishgan?

 

***

– Dada, nega sizning avtomobilingiz yoʻq?

– Uni sotib olishga menda pul yoʻq. Agar sen maktabda yaxshi oʻqisang, ehtimol katta…

To‘liq...

“Yangi yil” boshqotirmasi

CHAYNVORD 1. Muchal boʻyicha boshlanayotgan yil. 2. Ded Moroz Yangi yildan darak beruvchi mamlakat. 3. Doimiy aholiga ega boʻlmagan qitʼa. 4. Omeliya guldastasi sovgʻa qilinadigan mamlakat. 5. Saratondan keyingi burj. 6. Dunyoda eng ogʻir – 11000 kg.lik oʻyinchoq osilgan archa oʻrnatilgan Yaqin Sharqdagi shahar. 7. Yozgi olimpiada oʻyinlari…

To‘liq...

Krossvord

Krossvord

Boʻyiga. 1. Eng qadimiy taom. Kimyoviy unsur. Qadim Xitoy shoiri. 2. Yer oʻlchov birligi; uy qismi. Hind kinorejissori va operatori (“Ona muhabbati” filmi). 3. Golland rassomi; Qashqadaryodagi qadimgi shahar. 4. Yovvoyi noʻxat. Eng mitti kemiruvchi. 5. Kashmir adabiyotida “Muhabbat” janri. Ingliz adibasi Jorj Sand romani. Qushlar qarorgohi. 6.…

To‘liq...

“Gulxan” bilimdoni

1. Savol: 1974-yilgi futbol boʻyicha Jahon Chempionatidan oldin Gollandiyadagi bir bank ushbu turnirda gol urgan barcha Gollandiya terma jamoasi oʻyinchilariga mukofot eʼlon qiladi. Ammo, chempionat yakunlangandan keyin xuddi shu bank terma jamoa aʼzosi Rud Krolga mukofot berishdan bosh tortadi. Faqat terma jamoa aʼzolarining jiddiy eʼtirozlaridan…

To‘liq...

Noyob qushlar

Siz albatta, qush deganda ikki oyoqli, qoʻsh qanotli mavjudotni tushunasiz. Bogʻda, dalada, hovlingiz va boʻgʻotlardagi qushlarni koʻrib zavqlanasiz. Qargʻa, saʼva, qaldirgʻoch, toʻrgʻay, chittak, chumchuq, chugʻurchuq, musicha... deb nomlarini aytasiz. Ammo, dunyoda siz nomini aytish u yoqda tursin tasavvur qilolmaydigan darajada gʻaroyib qushlar…

To‘liq...

Keyvord

Bugun eʼtiboringizga havola qilayotganimiz – yangi boshqotirma turi Keyvord deb ataladi.

Keyvord – raqamli topqirlik mashqi boʻlib, unda jumboq soʻzlar taʼriflari bayon etilmagan harf va raqamlardan iborat. Bunda har bir harf oʻz raqamiga ega boʻladi.

Bir xildagi raqamli kataklarga bir xil harflarni yozish hamda qolganlarini topish bilan keyvordni…

To‘liq...

“Gulxan” bilimdoni

1-savol: Sizga “Bahor kechasi” nomli sheʼrning tugʻilish tarixi haqida savol bermoqchimiz. “Oʻshanda, – deb yozadi savolimiz qahramoni, – men uyimizga yurib emas, uchib keldim. Keliboq yoʻl boʻyi tugʻilgan tuygʻularimni qogʻozga tushirdim. Men bu sheʼrni shunday yengil, toʻlib-toshib yozdimki, yuragimga allaqanday afsonaviy bir qudrat kirib olib,…

To‘liq...

“Oltin fasl” boshqotirmasi

Zanjir holida: 1. Qovun sayillarida oʻtkaziladigan bahs. 2. Mayizbop uzum navi. 3. Yerni kelgusi yil ekin ekishga tayyorlash jarayoni. 17. Kuzda ham ekiladigan piyozlar turkumiga mansub sabzavot. 18. Kuzda pishadigan, qishga saqlanadigan qovun navi.

Boʻyiga: 4. Qadimda kuzgi teng kunlikda oʻtkazilgan xalq bayrami. 7. Ekin ishlari kuz faslida amalga…

To‘liq...

“Gulxan”da xanda

Ota oʻgʻlidan soʻradi:

– Bino besh qavatdan iborat. Har qavatdagi zinaning 22 tadan pogʻonasi bor. Beshinchi qavatga chiqish uchun qancha pogʻona bosish kerak?

– Hammasini-da!

 

***

– Tipratikan nima bilan oziqlanadi?

– Kaktus yesa kerak-da.

 

***

– Oʻzidan tok oʻtkazuvchi qanday buyumlarni bilasan?

– Simyogʻochni.

 

***

–…

To‘liq...

Gullarimiz uchun “uycha”

Yangilikka ishtiyoqmand, mohir qoʻlli tengdoshlar, salomatmisiz? Bugun siz bilan uyimizdagi yashil doʻstlarimiz – gullar va oʻsimliklar uchun ajoyib “uycha” yasashni oʻrganamiz. Uyingizdagi gultuvakning koʻrinishidan qoniqmayapsizmi? Balki, siz ajoyib gullar ekmoqchisiz-u lekin ularga munosib idish topolmayotgandirsiz. Gullarni yaxshi koʻradigan…

To‘liq...

Parashyutchi mushuklar

Tasavvur qiling, daraxtdan yoki narvonning tepasidan yiqilib tushgudek boʻlsak albatta, biror joyimiz shilinadi, qoʻpolroq tushsak oyoq yoki qoʻlimiz eti eziladi, xatto suyaklarimiz sinadi ham. Ammo mushuklarni tomdan yoki baland terakning tepasidan otib yuborishsa ham sakrab tushishadi-yu yana hech narsa koʻrmaganday, hech qanday jarohat olmay…

To‘liq...

“Matematika” boshqotirmasi

CHAYNKROSSVORD 1. Aylanasimon geometrik jism. 2. Tomonlari teng, burchaklari toʻgʻri boʻlmagan parallelogramm. 3. Eng kichik butun son. 4. Ildiz chiqarish amali belgisi. 5. Muayyan sonni darajaga koʻtarganda berilgan sonni hosil qiladigan daraja koʻrsatkichi. 6. Uchburchak tomonidan qarshisidagi burchak tomonining oʻrtasiga tushirilgan toʻgʻri…

To‘liq...

Tvorogli pishiriqlar

Tvorog – eng foydali yemaklardan biri. Kundalik taomlarida tvorog boʻlgan bolalar suyaklari mustahkam, tishlari mahkam boʻlib oʻsadi. Bugun siz bilan birgalikda tvorogli pishiriqlar pishiramiz.

 

Pirog

Kerakli mahsulotlar: 100 gramm sariyogʻ, 200 gramm shakar, 250 gramm tvorog, 250 gramm un, 2 osh qoshiq yongʻoq magʻzi, 2 dona tuxum.

Tayyorlanishi:…

To‘liq...

Zakovat sayyorasi

Oʻtgan sondagi savollar javobi

1. Yondirgich (Zajigalka)

Izoh: Chekuvchilar zajigalkasini yoqqan vaqtda avtomatik ravishda dafn marshi qoʻshiladi va chekuvchiga tamakining zarari haqida eslatib turadi.

2. Chunki shaytonni hech kim koʻrmagan, kuchukni esa hamma koʻrgan. Shu sababli shaytonni istagan koʻrinishda chizish mumkin, asli bilan solishtirib…

To‘liq...

“Gulxan” bilimdoni

1-savol: Gapga usta va hazilkash boʻlgan Bernard Shou 1925-yilda Nobel mukofotini qoʻlga kiritgach, quyidagicha taʼkidlaydi: “Nobel mukofoti menga 1925-yilda insoniyatga bergan yordamim uchun munosib koʻrilgan”. Shou mantigʻi bilan oʻylab koʻrib, ayting-chi, “insoniyatga bergan yordamim” deganda u nimaga ishora qilgan edi?

 

2-savol: Fors…

To‘liq...

Foydali bitim

Bir millioner uyga benihoya xursand boʻlib qaytdi: yoʻlda baxtli uchrashuv yuz beribdi, undan katta foydaning daragi kelib turganmish.

– Shunday omad ham kelarkan-a? – dedi u uyidagilarga. – Pul pulni topadi, deganlari bejiz emas ekan. Mana mening pulim pul chaqirayotir. Oʻzi nima gap desalaring-chi! Yoʻlda notanish odamni uchratib qoldim. Men u…

To‘liq...

“Gulxan” bilimdoni

1-savol: Yaqin-yaqindan boshlab, Hindistonda ushbu moslamaga avtomatik ishlaydigan kichik musiqali mexanizm oʻrnatilà boshlandi. Bu mexanizmda faqat bitta musiqa, yaʼni anʼanaviy dafn marshi yangraydi. Diqqat savol, faqat dafn marshini chaladigan kichik mexanizm nimaga oʻrnatilmoqda?

 

2-savol: Xitoy rivoyatiga koʻra, bir kuni xon oʻz…

To‘liq...

“Gulxan”da xanda

Oʻquvchilar tasviriy sanʼat darsida suhbatlashyapti:

– Ofarin. Rasmni chiroyli chizibsan. Ishtaham ochilib ketdi.

– Ishtaham ochilib ketdi deyapsanmi? Quyoshning rasmigami?

– Bu quyoshmi? Men qovurilgan tuxum rasmi deb oʻylabman.

 

– Toʻrayev, qani ayt-chi, suvda nimalar erimaydi?

– Baliqlar!

 

Biologiya darsida:

– Umrboyev, skelet nima…

To‘liq...

Chanqovbosti shartbatlar

Yozda tez-tez chanqaymiz. Muzday-muzday suv yoki mors, har xil sharbatlarni ichgimiz keladi. Kola, fanta, tarxun kabi chanqovbosdi ichimliklar sogʻligʻingizga yomon taʼsir qilishini oʻylab ham koʻrmaysiz. Bu ichimliklar tarkibida kofein va boshqa asabni qoʻzgʻatuvchi moddalar, baʼzilariga meʼyoridan oshiq shakar qoʻshilgan. “Bolalar uchun” deb…

To‘liq...

“Gulxan” bilimdoni

1. Ne qushdururki, uchar uch qanot bila, lekin

Agar qoʻnar ham, ochiqdur qanotlari bori,

 

Qanoti saridur ogʻzi valek doim ochuq,

Bu turfaroqki, boʻlur quyrugʻida minqori.

 

Erur aning kebi tuz koʻngli oshyonida oʻq,

Sipehr jaʼbasidin istasang namudori.

Hazrat Alisher Navoiyning ushbu chistoni nima haqida?

2. Bir davlatning ikkinchi…

To‘liq...

Gʻaroyib daraxtlar

Aziz bolalar! Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 6-maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Ziyodulla aka ASTANAQULOV sizlar uchun dunyoning turli burchaklarida oʻsadigan bir-biridan hayratlanarli daraxtlar haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni Gulxanga taqdim etdilar. Bunday ajoyib suratlar va maʼlumotlarni eʼtibordan chetda qoldirishni istamadik.…

To‘liq...

“Gulxan”da xanda

– Jasur, eshityapsanmi? Anhor tarafdan kimdir baqiryapti. Borib bilib kelchi. Balki choʻkayotgandir.

– Borish shart emas, hademay ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib olamiz.

**

Oyogʻini qoʻliga olib zingʻillab ketayotgan bola roʻparasidan chiqqan kishini turtib yubordi.

– Namuncha hovliqasan. Qayoqqa buncha oshiqyapsan?

– Uyga, onam jazoimni bersin.

–…

To‘liq...

Javobi topilmagan savollar

Hayot bor ekan javobsiz savollarga duch kelaverasiz. Baʼzida ilm-fanda allaqachon javobi boʻlsa kerak, deb oʻylaganlarimiz aksincha boʻlib chiqadi. Quyida eʼlon qilinayotgan savollarga nima deysiz? Balki sizda boshqacharoq javoblar bordir?

1. Inson qancha yil umr koʻra oladi?

Qanday gʻalati koʻrinmasin, olimlar va shifokorlar qarishni kasallik deb…

To‘liq...

“Gulxan” bilimdoni

1. Manbalarga qaraganda, ushbu tarixiy hudud qadimgi Sugʻd poytaxti boʻlgan. Shaharning nomi esa Firdavsiyning “Shohnoma” asaridagi afsonaviy qahramon, shoh nomidan olib qoʻyilgan ekan. Biz esa bu qadimiy shahar nomini tez-tez nomi oʻzgarmagan holatda zamonaviy koʻrinishida eshitib turamiz. Aytingchi, gap qanday tarixiy shahar haqida bormoqda?

2.…

To‘liq...

Kross – sudoku

Gulchambar shaklidagi kross-sudoku kataklariga 1,2,3,4 gacha boʻlgan raqamlar chapga va oʻngga, markazga yoʻnaltirib takrorlamasdan yoziladi.

Tuzuvchi: Anvar MIRZAZODA

To‘liq...

Qulupnayli salat

Eng avval, qulupnayni yuvib, bandidan tozalab olamiz va har birini uch-toʻrt boʻlakka boʻlamiz. Soʻng likopchaga salat barglaridan terib, ustiga tozalangan qulupnaylarni solamiz va biroz shakar sepib, ikki qoshiq suyuq qaymoqni aylantirib quyamiz. Qulupnayli salatimizni maydalangan yongʻoq bilan bezatamiz.

 

Pazanda: SADOQAT

To‘liq...

Quymoq (oladushki)

1 stakan un, bir stakan qatiq, 1 choy qoshiq ichimlik sodasi, taʼbga qarab tuz solib suyuq xamir qoriladi va 10 daqiqa tindiriladi. Qozon yoki tovaga 200 gramm salat yogʻi solib biroz qizdiriladi. Soʻngra ikki osh qoshiqdan xamir quyib dumaloq shakldagi quymoq pishiriladi.

To‘liq...

Sosiskali bulochka

2 stakan un, 100 gramm margarin, 1 stakan ilitilgan sut, yarim choy qoshiq xamirturush va taʼbga qarab tuz solib, yumshoq xamir qoriladi. Tayyor xamirni sochiq bilan oʻrab, bir soat tindirib qoʻyiladi. Xamir oshgach, uzib-uzib, tasma shakliga keltiriladi. Suvda 2-3 daqiqa qaynatib olingan har bir sosiskani tasmali xamirga oʻraladi. Soʻng ustiga…

To‘liq...

“Boriga baraka” pirogi

Baʼzan muzlatkichda yarim piyola qaymoq, banka tagida uch-toʻrt qoshiq qatiq yoki ozgina smetana, mayonez qolib ketgan boʻladi. Agar bu masalliqlar aynib ulgurmagan boʻlsa, ularni uvol qilmay, hammasini bir togʻorachaga soling. Unga 2 ta tuxum, bir stakan shakar, yarim choy qoshiq choy sodasi va un qoʻshib, oʻrtacha yumshoqlikdagi xamir tayyorlang.…

To‘liq...

“Gulxan” bilimdoni

1. Maks Fray oʻz ertagida uni hozirda mavjud boʻlmagan, hayot kechirmayotgan boshqa bir sayyoraga oʻxshatadi. Oybekning “Bolalik” asarida keltirilgan taʼrifga koʻra u misoli kapalak. Qanotlari nozik, begʻubor umri qisqaligi aytib oʻtiladi. Tohir Malikning “Alvido, Bolalik” qissasida u gʻorning kirish joyidagi yorugʻlikka oʻxshatiladi. Diqqat savol,…

To‘liq...

Mazza qilib bir kuling. Karantinni mot qiling

1. Nafsi otib hakalak,

Koʻlmakka tushdi koʻppak.

 

2. Eh, soʻnggi qoʻngʻiroqni

Oʻtkazyapmiz onlayn.

Virus, tezroq ketmasang,

Bunga chidashim qiyin!

 

3. Velosipedim talash

Boʻlib qoldi shu kunda.

Goh dadam minib ketar,

Goh akam tutar ruldan.

 

4. Jon shirin-da toshbaqa

Shamoldan tez yugurdi.

Burgut yetib kelmasdan

Berkinishga…

To‘liq...

“Obihayot” boshqotirmasi

CHAYNKROSSVORD 1. Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan oqib oʻtuvchi daryo. 2. Ladoga koʻlidan boshlanuvchi daryo. 3. Sersuvligi va havzasi maydoniga koʻra dunyoda birinchi oʻrinda turuvchi daryo. 4. Atlantika okeani havzasiga mansub dengiz. 5. Turkiyadagi koʻl. 6. Avstraliyadagi daryo. 7. Armaniston va Kavkazdagi eng katta koʻl. 8. Tancha soʻzining…

To‘liq...

Ku-sam

Eramizdan avvalgi 3000-yillarda Hindistonda shaxmat (shatranj) kashf etilgan. Milodiy 100-yillarda esa Rossiyada 64 katakli rus shashkasi ixtiro qilingan.

Shaxmat va shashkani ikki kishi oʻynaydi: biri gʻolib, ikkinchisi magʻlub (yoki durang). Shashka va shaxmatdan yaratilgan oʻzbekona Ku-Samni esa toʻrt kishi oʻynaydi. Uch oʻyinchining kayfiyati…

To‘liq...

“Gulxan” bilimdoni

1. Geografiya: U Turkiya, Gurjiston, Rossiya, Ukraina, Ruminiya va Bolgariya boʻylab uzluksiz “sayohat qiladi”. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.

2. Topishmoq. Bir palakda 12 ta qovun, 11 tasi yeyildi, oʻn ikkinchisini yeyish esa mumkin emas. Savol: Ushbu topishmoqdagi oʻn ikkinchi qovun nimani bildiradi?

3. Matematika: XVI asrda tugʻilgan ushbu…

To‘liq...

Qadrdon nashrimiz

Oʻquvchilik davrimdan qadrdon boʻlgan “Gulxan” jurnalida ilk topqirlik mashqim 1975-yilda chop etilgan. Shundan beri muntazam qatnashib kelmoqdaman. Bu davrda ustoz Narimon Orifjonov, Temur Ubaydullayevlardan bolalar uchun boshqotirma tuzishning oʻziga xos jihatlarini, shakllar ham mazmunga, ham bolalar dunyoqarashiga muvofiq boʻlish kerakligini,…

To‘liq...

Topishmoqlar

Makoni uy, lek unda

Yashashga yoʻq hech toqat.

Soʻngsiz koʻkka intilib,

Gʻoyib boʻlar u faqat.

 

* * *

Toʻrt fasl ham tushmaydi

Oq qalpogʻi boshidan,

Paydo boʻlar daryolar

Uning koʻzi yoshidan.

 

* * *

Ikki oʻrtoq olamni

Birga kuzatar har on.

Biroq ular bir-birin

Koʻra olmas hech qachon.

Uning bajargan ishi

Tikuvchiga emas xos.

Biroq…

To‘liq...

Yangi yil tabassumi

– Oyijon, dadam Qorbobodan oldin keladilarmi yoki keyinroqmi?

– Oldin, albatta.

– Hayriyat!

– Nega unday deyapsan?

– Chunki Qorboboning soqoli dadamning javonlarida-da.

 

***

– Qorbobo, yuring, uyimizga kirib dam oling.

– Iloji yoʻq boʻtam, issiqda erib ketaman. Ammo bir piyola qaynoqqina choy boʻlsa, yoʻq demasdim.

 

***

– Qorbobo,…

To‘liq...

Qorboboning tugʻilgan kuni

Yangi yil kunida biz quvonch bilan kutadigan, sovgʻalar bilan birga yoshimizga yosh qoʻshib beradigan Qorboboning tugʻilgan kuni qachonligini bilasizmi? Aslo, 31-dekabr yoki 1-yanvar deb oʻylamang, xato qilasiz.

Qorbobo 18-noyabrda tugʻilgan ekan. Ishonmasangiz oʻsha kuni Rossiyaning Vologda viloyatidagi Velikiy maydoni, Buyuk Ustyug tepaligiga…

To‘liq...

Eng... Eng... Eng...

Buqami bu yo?

Kamerun va Angola koʻlmaklarida yashovchi Goliaf nomli baqa dunyodagi barcha baqalarning polvoni ekan. Uning boʻyi 76 santimetr, boshi 33 santimetr, oyoqlarining uzunligi salkam yarim metr, ogʻirligi naq 5 kilogramm. Tavba qildim, hovuzimizdan ana shunday bahaybat baqa kallasini chiqarib baqrayib tursa, holimiz nima kechardi-ya!

 …

To‘liq...

Zakovat zavollari

1. Uning hozirgacha 1500 xil koʻrinishi aniqlangan. Sibirda undan pul oʻrnida foydalanishgani haqida maʼlumotlar bor. Raqamlarga qiziquvchilarning fikriga koʻra, bir soniyada undan 2 millionga yaqin odam “foydalanar” – isteʼmol qilar ekan! Osiyoning bir mamlakatida boʻlib oʻtgan auksionda 100 grammi 68 ming dollarga baholangan ekan.

Savol: agar siz…

To‘liq...

Boʻyra tilsimi

Tasma ortiga yashiringan harflarni sinchkovlik bilan topib, katak ichidagi harflarga qoʻshib oʻqisangiz Abu Ali ibn Sinoning sogʻliq haqidagi hikmatli soʻzini bilib olasiz.

Tuzuvchi: Anvar MIRZAZODA

To‘liq...

“Bayrogʻimiz – faxrimiz” boshqotirmasi

KRIPTOGRAMMA Kalit soʻzlar: 1. Bayrogʻimizdagi musaffo osmon va obihayot, yaxshilik, donishmandlik, halollik, shon-shuhrat va sadoqatni bildiruvchi rang – 4,6, 19,1, 14.

2. Respublikamiz ramzlaridan biri – 4,2, 11,20,1, 14,2.

3. Porloq kelajak – 1,7, 10,1, 17,13,6, 16.

4. Muvaffaqiyat, zafar – 24,2, 16,2, 13,2.

5. Davlatimiz bayrogʻidagi oq rang…

To‘liq...

Kuchukmi yoki itcha?

Jahongir shaharda yashaydi. Yozda u bobosi bilan Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi Mirokon qishlogʻiga mehmonga bordi.

Voy-boʻ... ammasining uyi hayvonot bogʻining naq oʻzi ekan. Qoʻrada qoʻy, echkilar, ogʻilda sigir, buzoq, ot, eshak, katakda ona-bola tovuqlar, hovli etagidagi ariqchada oʻrdak, gʻozlar... Jahongirning hayratdan ogʻzi…

To‘liq...

Zakovat savollari

1. Hammamiz ovqatga yodlangan osh tuzi ishlatamiz. Chunki yod elementi organizmda boʻqoq kasalligi rivojlanishining oldini oladi. Nega yodni aynan tuzga solamiz, degan savolga, albatta, tuzni har kuni isteʼmol qilamiz, deb javob beramiz.

Savol: Nega yodni suv yoki nonga qoʻshmaymiz, axir ularni ham har kuni isteʼmol qilamiz-ku? Yordam: Yodning…

To‘liq...

Qovoq yostiq

“Qovoq sayli”miz davom etadi. Endi sizlar bilan turli matolardan qovoq yostiqcha yasaymiz.

Bu juda ham oson, koʻp mehnat talab qilinmaydi. Bu yostiqchada siz ignalaringizni saqlashingiz mumkin.

 

Kerakli asboblar

Rangli matolar (sariq, olov rang, qizgʻish, yashil), qalin oʻram ip, qaychi, igna, sitefon, ip yoki paxta.

 

1. Ishni…

To‘liq...

Ham shifo, ham taom

Kuz fasli kelishi bilanoq dalalarimizda vitaminlar gʻarq pishadi. Ushbu sahifani vitaminlarga boy va mazali boʻlgan qovoqvoyga bagʻishlaymiz. Polizimiz pahlavoni darmondorilarning koni boʻlib, yuzlab kasalliklarga davodir. Kaliy, temir, kalsiy, magniyga boy boʻlgani uchun asablarni tinchlantiradi, uyqusizlik, moddalar almashinuvini yaxshilaydi,…

To‘liq...

Topishmoqlar

Qumdan yaralar oʻzi,

Deraza, eshik koʻzi.

Rangi yoʻq, yuzi silliq,

Uyni tutadi issiq.

 

***

Bir ajoyib oq uycha,

Ichida qavat tokcha.

Boʻlsa hamki issiq, yoz,

Uychani ichi ayoz.

 

***

Ikki yaproq jonu tan,

Unga chamanzor Vatan.

Gulzorda gul oralab,

Gulga qoʻnar saralab.

 

***

Aql bilan soʻzlasa,

Dono soʻzlar tizilar.

Gʻazab bilan…

To‘liq...

“Qardosh diyor” boshqotirmasi

Aylanma krossvord. Shaklda belgilangan xonadan soat mili yoʻnalishida: 1. Poytaxt shahar. 2. Qozogʻiston va Jizzax viloyatida joylashgan suv ombori. 3. Atoqli adib, akademik, “Abay yoʻli” epopeyasi muallifi. 4. Markaziy Osiyodagi choʻl. 5. Oʻtmishda “Ona shahar” taʼrifi berilgan Chimkent yaqinidagi maskan. 6. Sharafiga Sayram shahrida meʼmoriy…

To‘liq...

Sherlok Xolms va Mark Tven

Bilasizmi, Sherlok. Bir jumboq bor edi. Xabaringiz bor, men sugʻurta kompaniyasida ishlayman. Yaqinda bizning doimiy mijozlarimizdan biri janob Jorj oʻzining bir qimmatli qogʻozini sugʻurtaladi. Bu qogʻoz yozuvchi Mark Tvenning tugʻilganligi haqidagi guvohnoma edi. Mana uning nusxasi, koʻring, – deb qogʻozni Sherlokka uzatdi Fit.

Sherlok…

To‘liq...

“Sharaf” boshqotirmasi

“Sharaf” boshqotirmasi

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziyning “Hazrati inson” romanining bosh qahramoni. 2. “Hozir ham u nimagadir yosh boladay ayasining... larini qoʻmsaydi”. Oʻ. Hoshimov. Qalbingga quloq sol. 3. “Oʻzbek xalqi... larga nisbatan oʻzining yana mehmondoʻstligi va bagʻri kengligini koʻrsatdi”. Oʻzb. M. E. 4. Akademik shoir Gʻofur Gʻulomning…

To‘liq...

Boshqotirma

  1. “Obid...”(asar). 2. Topishmoq (sinonim). 3. Navoiyning shoh doʻsti. 4. Oʻrtadagi masofa. 5. Oʻrta Osiyodagi qadimgi yozuv. 6. Ohanrabo (ruscha). 7. “Sohibjamol va...” (multfilm). 8. Olifta. 9. Rivojlanish. 10. “Vatanimga... qilaman!” (TV dastur). 11. Insof, vijdon. 12. Musiqa asari. 13. Mashina toʻxtatish qurilmasi. 14. Norozilik isyoni. 15.…

To‘liq...

Ajdodlar ehtiromi

Aylanma krossvord. Javoblarni shaklda belgilangan xonadan soat mili yoʻnalishida raqam atrofiga yozing. 1. Ikkinchi jahon urushi sarkardalaridan biri, birinchi oʻzbek generali. 2. Millat va vatanni madh etgan oʻzbek shoiri, qatagʻon yillari qurboni. 3. Xalqaro mukofotlarga sazovor boʻlgan ustoz, eʼzozli oʻzbek shoirasi. 4. Oʻzbekiston…

To‘liq...

Qodiriynoma

Chaynvord 1. Kino ekranida Yusufbek hoji siymosini talqin etgan ustoz san’atkor. 2. Ijod sohibi muqaddas deb e’zozlagan diyor. 3. “Mehrobdan chayon” romanidagi Anvarning “Chin o‘rtoq” bobida bayon etilgan do‘sti. 4. O‘sha davrda adib asarlari bosilgan jurnal. 5. Abdulla Qodiriy bilan hamfikr bo‘lgan ma’rifatparvar ijodkor, atoqli olim. 6. Adib…

To‘liq...

“Gulxan”da xanda

– Maktabga borgim kelmayapti!

– Nega?

– Maktabda “A”ni yoz deyishadi.

– “A”ni yozishni istamaysanmi?

– “A”ni yozsam, keyin “B”ni yoz deyishadi-da.

 

***

– Ingliz tilidan besh soat dars oldim.

– Unda inglizlar bilan bemalol gaplasha olar ekansan-da?

– Yo‘q, men ingliz tilidan besh soat dars olganlar bilan bemalol gaplasha olaman.

 

***

Sharros…

To‘liq...

Kim biladi-yo shuginani-yo

(1-sonda e’lon qilingan mantiqiy jumboqlarga javoblar)

 

1-javob: U kishi 50 yoshda, nabirasi 1 oylik chaqaloq. Nabirasining yoshi oylar bilan hisoblangani uchun 600 barobar katta bo‘la oladi.

2-javob: Bemor birinchi dorisini ichgan vaqt 6:00 bo‘lsa, ikkinchi dorisini 06:30 da, uchinchi dorini 07:00 da ichgan. Birinchi va uchinchi dorini…

To‘liq...

Yilnoma

  1. Toshkentda I Xalqaro kinofestival ochilgan yil. 2. Qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan yil. 3. O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib metropoliten qurilgan yil. 4. Osiyo va Afrika yozuvchilarining “Toshkent ruhi” konferensiyasi o‘tkazilgan yil. 5. “Kerak bo‘lsa qalam miltiq bo‘lur!” degan jangchi shoir Sulton Jo‘ra…

To‘liq...

Kartoshka va ko‘katli kotlet

Kerakli mahsulotlar: 1 kilogramm kartoshka, 1 choy qoshiq tuz, 2 dona tuxum, yarim choy qoshiq murch va ko‘katlar.

Tayyorlanishi: Kartoshkani qirg‘ichdan chiqarib, suvidan siqib olinib tuz, tuxum, murch va ko‘katlar solib aralashtiriladi. Keyin kotletga o‘xshatib shakl beriladi. Tovaga yog‘ solib qizdiriladi. O‘rta olovda bir tomoni 10 daqiqa, orqa…

To‘liq...

Bahoriy salat

Kerakli mahsulotlar: 200 gramm smetana, 1 bog‘ ismaloq, rediska va ko‘kpiyoz, ukrop, 3 dona tuxum, 3 dona bodring, salat bargi, tuz, murch.

Tayyorlanishi: Ko‘kpiyoz va shivit(ukrop) maydalab to‘g‘raladi. Ismaloqni yuvgach maydalangan ko‘katlar bilan aralashtiriladi. Bodring va rediska yarim oy shaklida to‘g‘raladi. Piyozni avval halqa shaklida…

To‘liq...

Karam salati

Kerakli mahsulotlar: 1 dona sabzi, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 1 choy qoshiq shakar, 1 choy qoshiq tuz, ta’bga ko‘ra ko‘kat, 200 gramm karam, 200 gramm qizil karam, bir chimdim kunjut.

Tayyorlanishi: Ikkala karam mayda qilib to‘g‘raladi. Sabzi ham somoncha shaklida to‘g‘raladi. Shakarga tuz qo‘shib aralashtiriladi. 1 soatdan keyin suvi chiqqan…

To‘liq...

Ismaloqli salat

Kerakli mahsulotlar: 1 dona sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq kunjut yog‘i, 1 bog‘ ismaloq, 1 osh qoshiq soya sousi.

Tayyorlanishi: Ismaloqni tozalab yuvib, qaynab turgan suvga solib 1 daqiqa qaynatiladi. Qozondan olib oqib turgan sovuq suvda chayiladi. So‘ng yaxshilab kaft bilan siqib idishga solinadi. Soya sousi, kunjut yog‘i, sarimsoq solib…

To‘liq...

G‘aroyib fanlar bekati

Siz maktabda qaysi fanni yoqtirasiz? Adabiyotnimi? Albatta, adabiyot bizning ruhiyatimizni tarbiyalab, yashirin ijodkorlik qobiliyatimizni yuzaga chiqaradigan fan. Matematika esa barcha fanlarning otasi. Biroq bu darslarni judayam zerikarli deydiganlar ham topiladi. Ammo dunyoda maktab o‘quv dasturiga kiritilgan shunday g‘aroyib fanlar bor ekanki,…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.