Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yangi yil

CHAYNVORD 1. Vaqt o‘lchov birligi. 2. Yangi yil birinchi bo‘lib kutib olinadigan mamlakat. 3. Qishning so‘nggi haftasiga berilgan nom. 4. Soat jarangi. 5. Dunyo vaqti deb qabul qilingan Buyuk Britaniya hududidan o‘tuvchi meridian. 6. Mo‘g‘ulistonda qorbobo bo‘lib xonadonlarga tashrif buyuradigan kasb egasi. 7. “Rio – 2016” olimpiada o‘yinlarida rekord o‘rnatib, chempionlikka sazovor bo‘lgan shtangachi vatandoshimiz. 8. Fursat. 9. Vatanimizda eng ulkan archa o‘rnatiladigan shahar. 10. Vyetnamda yangi yilga berilgan nom. 11. Taraqqiyot va farovonlik asosi, dunyo xalqlari orzusi. 12. Minora soat. 13. Muchal hisobi bo‘yicha boshlanayotgan yil. 14. Yog‘ingarchilik. 15. Musiqa jo‘rligida ijro etiladigan san’at. 16. Bir kecha-kunduz. 17. Yashil qit’a.

“YIL HISOBLARI” – TOPSHIRIQ Shakl aylanalariga bosh harflari asosida insoniyat tarixida qo‘llanilgan to‘rt xil yil hisoblarini to‘liq yozish bilan topshiriqni hal eting.

TOPISHMOQLI KRIPTOGRAMMA Avvalo quyidagi o‘zbek xalq topishmoqlari va ta’rifi bayon etilgan so‘zlar javoblari asosidagi kalit so‘zlarni toping.

  1. Tog‘larda o‘sar joyi,

Qoyalarning chiroyi,

Yangi yilda, o‘rtoqjon,

Uyimizda u mehmon... – 3,7, 24,3.

  1. Oppoq, oppoq, oppog‘im,

Oppoqqina bodrog‘im. – 1,14,16.

  1. Uzun-uzun iz ketdi,

Uzun bo‘yli qiz ketdi.

Toqqa borib taq etdi,

Sirg‘alari yarq etdi. – 12,3, 11,2, 6.

  1. Ariqdan oyna oldim. – 21,10,19.
  2. Igna uchi yaltiroq. – 11,10,1, 7,2, 6,20.
  3. Ovozasi azonda,

Mazaligi qozonda. – 13,14,7, 4,19.

  1. Joni bor-u, suyagi yo‘q. – 8,3, 23,3, 16,3, 8.
  2. Dum-dumaloq bo‘yi bor,

Palovda obro‘yi bor. – 5,18,17,2.

  1. Kichkina tandircha

Ichi to‘la kulcha. – 9,3, 7,15,10,19.

  1. Hayotda qaror topgan urf-odat, udumlar majmui. – 3,6, 22,3, 6,3.

Endi kalit so‘zlari javoblaridagi harflar asosida shakldagi kriptogrammani hal eting. Bunda ulardan to‘rt misrada chiston ayon bo‘ladi. Ana shu chiston javobini toping.

 

Foziljon ORIPOV tuzdi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.