Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Hikoyalar

Nodon tovuq

Bir kuni tovuq qo‘shni hovlidagi omborda juda mo‘l don-dun borligidan xabar topibdi  va darhol shu donlar payiga tushibdi. Hovli darvozasi yonida parvona bo‘lib qulay fursatni poylay boshlabdi. Uning bu ahvolini ko‘rgan kabutar yerga qo‘nib: Ey, nodon tovuq, bu donlardan umidingni uzib uyinga ketaqol. Yo‘qsa, bu yemakni totguningcha o‘zing…

To‘liq...

Sherzodning sayohatlari

Bu  voqea  uzoq  kelajakda  sodir  bo‘lgan.  Taxminan  4980-yilda.  U  davrda  texnika  juda  rivojlangan  edi.  O‘sha yili  bir oilada  chaqaloq  dunyoga  keldi.  Uning  ismini  Sherzod  deb  qo‘yishdi.   Sherzod …

To‘liq...

Sokin oqshomlar

Adabiyot  muallimamiz  Raisa  Ivanovna betob  bo‘lib  qoldi. Uning  o‘rniga  Yelizaveta  Nikolayevna dars  o‘tadigan  bo‘ldi. Aslida  Yelizaveta  Nikolayevna  bizga  geografiya  va  tabiatshunoslikdan  saboq  beradi. Bu gal  direktorimiz …

To‘liq...

Ijodga bag‘shida umr

Taniqli jurnalist Qosimjon Sopiyevning ijodiga nazar tashlasak, ko‘p yillik sermahsul va samarali mehnat qilganining guvohi bo‘lamiz. U  televideniyeda bolalarga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuv va videofilmlar tayyorladi. “Oqshom ertaklari”, “Salom kichkintoylar”, “Multipanorama”, “Mahallamiz bolalari”, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”,…

To‘liq...

Kichik g‘irromlar

O‘qituvchimizni qattiq xafa qilib qo‘ydik. Yana kimni deng, eng sevimli adabiyot ustozimizni. Aslida-ku, ranjitish niyatimiz yo‘q edi-ya, hamma g‘alva Asila chaqqondan chiqdi.

Bugun ona tilidan choraklik test olinadigan kun. “A” sinf o‘quvchilarining kechagi testdan ko‘pchiligi past bahoga yechganini eshitib vahimaga tushdik.

– Qizlar, yuringlar,…

To‘liq...

Gaplar “mixdek” bo‘lsin

Va nihoyat, yana dushanba!  Bugun maktab, bugun bayram! Ammo bayram kuni yoqimsiz ishlar ham bo‘lib turarkan: matematikadan nazorat ishi. Va nihoyat, yana dushanba!  Bugun maktab, bugun bayram! Ammo bayram kuni yoqimsiz ishlar ham bo‘lib turarkan: matematikadan nazorat ishi. Muhammaddiyor ko‘ngli bo‘sh bola. Iltimos qilsangiz,…

To‘liq...

Maktabdagi “Qochoq”

Maktab direktori Nosirov o‘z ta’biri bilan aytganda “razvedkaga chiqdi”. Tez yurib, tez gapirganigami yoki tabiatidagi shiddat sabablimi ayrim shumtaka o‘quvchilar unga “pistolet” deb laqab qo‘yishgan. Direktor  hozir odatiga zid tarzda sekin qadam tashlar, har sinf eshigi yonida to‘xtab, bir zum ichkariga quloq tutardi.

– Hmmm, tuzuk, –…

To‘liq...

Uloqchalar

Ona echki bolalagach, bo‘sh vaqtini ko‘chada dugonalari bilan o‘tkazishni juda xush ko‘radigan Shohista qizning zimmasiga har kuni darsdan so‘ng ona-bola jonivorlarni ovul etagidagi bedazor chekkasida bir necha soatga o‘tlatib kelishdek zerikarli yumush yuklatildi. Dastlab xuddi tomchi suvdek bir-biriga juda o‘xshash, qordek oppoq egiz uloqchalarga…

To‘liq...

Daryo va jilg‘a

Uch kun  qattiq yomg‘ir yog‘ib, jilg‘a  paydo bo‘libdi. U loyqa, xashak va chirigan shox-shabbalar bilan  ko‘pirib oqib kelar ekan, to‘satdan daryoga duch kelibdi. Daryo unga “Kel, menga qo‘shil, ikkalamiz katta  kuch bo‘lib  odamlarga elektr energiya  hosil qilamiz, ekin maydonlarini sug‘oramiz”, – debdi. Shunda…

To‘liq...

Dunyoni gullarga burkagan bola

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shukrullo Abdullayev 1953-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uzoq yillar telejurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Ayni paytda nafaqada bo‘lgan adib badiiy ijod bilan muntazam shug‘ullanmoqda. “Tong yulduzi”, “Gulxan”, “Guncha” kabi bolalar nashrlarida uning ertak va hikoyalari chiqib turadi. Ijodidan ayrim…

To‘liq...

Allomaning kashf etilishi

(tarixiy hikoya)

Vaqt peshindan og‘gan, madrasada talabalar suhbati qaynaydi. Biri fiqhdan munozara etsa, biri riyozatdan misol keltiradi. Barchasi bu hayot qonunlarini ikki nuqtayi nazardan – dunyoviy va diniy jihatdan tadqiq etishga harakat qiladi. Talabalar ichida bu munozarani jim tinglayotgan mulla Mahmud ularning suhbat va bahsiga xayolan…

To‘liq...

Ko‘mak istagi

Bolakay bu voqeani sira unutolmadi.

Otasining o‘n-o‘n besh quti asalarisi bo‘lib,  yiliga uch-to‘rt marta asal yig‘ib olishardi. Har gal hosil ko‘tarilganda, qo‘ni-qo‘shnilarga ham ilinishardi. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Onasi kattagina kosaga to‘lg‘azib asal  quydi-da, o‘g‘liga:

– Hanifa momongnikiga eltib ber, – dedi, – Bo‘laqol,…

To‘liq...

Husnixating bo‘lsa…

“Negayam ikkinchi smen bo‘ldik, hozir maktabda o‘tirgan bo‘lardim-a...”

Shiftga qarab xayol surib yotgan Muhammad­diyorning soati bizning vaqt bilan ertalabki to‘qqizni ko‘rsatmoqda. Hamma nonushta qilib bo‘lgan. Onasining “Hozir zilzila bo‘lsa ham rozi edim. Balki turib ketarmiding” degan achchiq tanbehi esiga tushdi. Qattiq silkinishdan…

To‘liq...

Egizaklar

Arofat xola oshxonaga kirdi-yu, kechki ovqatdan so‘ng yig‘ishtirib olingan idish-tovoqlarning haligacha yuvilmaganini ko‘rib, jahli chiqdi.

– Zuhra-yu, – deb chaqirdi nevara qi­zi­ni. Zuhra eshitmadi chog‘i, hadeganda kela­ver­madi.

Arofat xola nevara qizlari – Fotima va Zuhraning xonasi tomon yurdi. Xona eshigini asta ochib,…

To‘liq...

Hasad

(Hikoya)

Hasan respublika bola­lar kutubxonasi tashkil etgan tanlovda 1-o‘rinni egal­ladi. Mukofotga plan­­­shet berildi. Hasan uni qo‘liga olganida, ko‘z oldiga buvisi keldi.

  Yutug‘ini bag‘riga bosib, o‘qituvchisi bilan birga uyiga keldi. Qarib, mushtdekkina bo‘lib qolgan Karima xola ko‘ziga yosh olib, Hasanni…

To‘liq...

Arining qasosi

Sardor sigirini soyaga olib O‘tkir o‘rtog‘i bilan daladan qaytarkan  atrofi  beton  g‘isht bilan o‘ralgan  taxta tilish  sexi yonida to‘xtab qoldi.

– O‘tkir, qara, anavi devorning orasida  qovog‘arining uyasi bor ekan. Hozir uchta ari ketma-ket kirib ketdi, – dedi g‘ishtlar o‘rtasidagi ochiq joyga ishora qilib.

–  …

To‘liq...

Odob

Odamlar bilan liq toʻla avtobus noiloj navbatdagi bekatda toʻxtadi. Biror yoʻlovchi tushmadi. Ammo oldi eshikdan tuguncha koʻtargan kampir bilan chol chiqdi. Oyoq qoʻyishga joy yoʻqligidan qariyalar chiqqan joylarida turib qolishdi. Biroq bir-ikki bekat yurmasdan odamlar ularni avtobus oʻrtasiga surib, oborib qoʻyishdi.

– Bolam, – dedi chol…

To‘liq...

Bolalikning zarhal bogʻlari

Bolalikning zarhal bogʻlarida kezib yurgan oʻquvchilik yillarim men uchun qanchalar qadrli ekanligini yillar oʻtgan sayin anglab boryapman. Biz bir gala quvnoq qizaloqlar avvaliga darslarga biroz eʼtiborsiz boʻlib yurganmiz. Keyinchalik ustozlarning hurmatini qozonish ilinjida koʻproq kitoblar olamiga shoʻngʻib ketdik. Otam kelajagimni oʻylab,…

To‘liq...

Orzular

Har bir bola: “Katta boʻlsam, falon kasbni egallayman, falon joyda ishlayman, mashhur boʻlib ketaman”, – deb orzu qiladi. Lekin nimagadir koʻpchilik orzusiga yetolmaydi. Bunga sabab esa...

Toʻrt sinfdosh oʻrtoq kechqurun osmon toʻla yulduzlarga tikilib, bir-birlariga orzularini aytishdi.

– Katta boʻlsam, Shokir akadek tadbirkor boʻlaman.…

To‘liq...

Chin do‘st

Bahor quyoshining iliqqina taftida maktabga ketar ekanman, yo‘l bo‘yi o‘rtoqlarim bilan stadi­onda koptok o‘ynash, do‘kondan ul-bul olib, bekatda yeb o‘tirish haqida o‘yladim. Sinfda o‘tirib, bolalarni xonasida birin-ketin kelishini kutdim. Galma-galdan hamma yig‘ila boshladi. Eng yaqin do‘stlarim — Nodir, Jasur, Akmallar ham eshikdan ko‘rindi.…

To‘liq...

Kechir meni, qushcha

Qish bo‘yi uyda o‘tiraverib zerikkanimizdan bahor quyoshi yilt etishi bilan bog‘ga yugurdik. Oldinda ketayotgan bolalar birdan “Jim”, degandek bir-birlariga ishora qilishdi.

– Nima gap, – so‘radim sekin atrofga alanglab. O‘rtoqlarim yana ko‘rsatkich barmog‘ini labiga qo‘yib, olma daraxtiga ishora qildilar-da,  atrofini aylanib  o‘ray…

To‘liq...

Men ko‘rgan urush

Men odamzod kushandasi bo‘lgan nemis- fashist bosqinchilarining yer  yuzidan  tamoman  supurib tashlanganiga 10 yil to‘lganda dunyoga kelgan ekanman. Esimni taniganimda esa insonlarning 1418  kunini tahlikaga solgan, har daqiqada ajal o‘z qiyofasini ko‘rsatib turgan bu mudhish tarix bizdan  birmuncha yiroqlashgan, odamlar…

To‘liq...

Yong‘oq

Yana tabiatshunoslik darsi tashqarida o‘tadigan bo‘ldi. Biz yong‘og‘imiz tagidan talashib joy egallaymiz. Yaxshilab o‘rnashib olgach,  jim o‘tirib, uni kuzatamiz. Birinchi sinfga chiqqan kunimizni  yaxshi eslayman.

Muborak opa bizga maktab oshxonasi, ustaxona, kutubxonani ko‘rsatdi. Biz sinfimiz ro‘parasidagi ikki quloch qari yong‘oq…

To‘liq...

Raqamlarning sarguzashti

Kunlardan bir kun Bir Ikkiga shunday dedi:

— Ey Ikki, kel, turgin yonimda, bo‘laylik O‘n Ikki.

Ikki esa javoban:

— Yo‘q, ey Bir, sen kelgin, tur yonimda bo‘laylik Yigirma Bir, — dedi, — chunki Yigirma Bir O‘n Ikkidan ko‘p axir.

Bir dedi:

— Yo‘q, men sendan oldin turishim kerak, chunki sendan avvaldaman.

Ikki dedi:

— Yo‘q, men sendan oldin turishim…

To‘liq...

Qaldirgʻoch

Bahorning ilk kunlari. Atrof yam-yashil. Kamronlarning  hovlisiga  yoqimli  chug‘urlab  qaldirg‘ochlar uchib keldi. Ular oldiniga  o‘tgan yilgi inlari atrofida   aylanib,  o‘zaro nimalarnidir maslahat qilishdi. Tumshuqlarida loy tashib in tashqarisida paydo bo‘lgan  tirqishlarni  to‘ldirishdi. Keyin…

To‘liq...

Quyosh bilan gaplashgan bola

Tog‘am Mehribonlik uyida oshpaz bo‘lib ishlardilar. Bir kuni men u kishiga ko‘maklashmoqchi bo‘lib, oyimdan ruxsat so‘radim. Darrov ko‘ndilar. Ishonasizmi, bag‘ritosh va to‘g‘ri yo‘ldan adashgan ba’zi qo‘shtirnoq ichidagi ota-onalar hatto uch yoshga ham yetmagan norasida go‘daklarini tirik yetim qilib, xuddi keraksiz buyumdek bu yerga tashlab…

To‘liq...

Qishning bir kuni

Qishning bir kuni

Ertalab uyg‘onganimda yerni oppoq qor qoplagandi. Xuddi ona tabiat insonlarga qalbi tozalik qanday bo‘lishini o‘rgatayogandek. Negadir ko‘nglim g‘ash tortib ketdi. Har doim qor yog‘ganda yuragim bir entikib ketar, xursandligimdan ichimga sig‘mas edim. Bugun ichimda ham quvonch, ham qandaydir anduhning aralashmasi kabi noma’lum bir…

To‘liq...

Momiqvoy

Azizaning dadasi tug‘il­gan kunida ajoyib sovg‘a olib keldi. U sovg‘a  qu­tichani ochdi-yu:

—  Vu-uy, buni shi­­rinligini!!! – deb qichqirib yubordi.

Qutichadagi oppoq, momiqqina   yashil ko‘z mushukcha bu shovqindan cho‘chibmi yoki  yorug‘likkami “miyov”, deb boshini ko‘tardi..

— Katta rahmat, dadajon.…

To‘liq...

Biz-da, yozuvchi bo‘ladigan

O‘zimiz endi 7-sinf­da­miz-u o‘rtog‘im nu­qul boshini qotiradi. Ik­ki gapning birida katta bo‘lsam... Katta bo‘lsam... U kishim dam haydovchi bo‘lmoqchi bo‘ladilar. Zo‘r mashinalarni ko‘rganlarida-da, al­batta. Erta­si­ga birdan oshpaz bo‘l­gilari keladi. O‘sha kuni mak­tab­da oshpaz aka shirin kotlet, yo…

To‘liq...

“MEHMONDO‘ST”

O‘sha kuni maktabga ancha barvaqt kelib qolibman. Vaqt o‘tkazish uchun bufetga kirdim. Qarasam, oldiga  bir lagan  “gumma”ni qo‘yvolib, qo‘shnim – mendan bir sinf yuqorida o‘qiydigan  Abdulloh o‘tiribdi.

– Ishtahang karnay-ku, osh bo‘lsin, – dedim kinoya aralash.

– E, Aziz, juda vaqtida kelding-da, kimni mehmon qilsam ekan, – deb…

To‘liq...

AYIQQA HAM MEHR KERAK

Yurtimizning Jizzax viloyatidagi Oyqor tog‘ida eng noyob hayvonlardan sanalgan qo‘ng‘ir va jigarrang ayiqlar yashaydi. Ular bir-birini hid bilish hissi yordamida topadi. Qo‘ng‘ir ayiqning hid bilish va eshitish qobiliyati kuchli. Daraxt tanasi va yirik butalarga ishqalanib, hidini qoldiradi. Bu belgilar hududiy nizolarning oldini olishda asqotadi.…

To‘liq...

Vijdon azobi

Sinfdoshlar – Jasur va Umidning orasidan qil o‘tmasdi. Jasur barchaning e’tiborida bo‘lgani uchun Umidning ko‘nglida unga nisbatan jinday baxillik ham bor edi. Shundanmi, nima bo‘ldi-yu, bir kuni...

Umid tanaffus paytida hech kim yo‘qligidan foydalanib, sinfdoshi Mahmudning sumkasidagi 100 ming so‘mni olib, Jasurning portfeliga solib qo‘ydi.

Mehribonlik…

To‘liq...

Dunyoni o‘zgartirmang

Qadim-qadim zamonda obod diyorni boshqargan bir qirol bo‘lgan ekan. Kunlarning birida u mamlakatning olis manzillaridan biriga yo‘l olibdi. Qirol  avvallari bunchalik uzoq yo‘l yurmagani va yo‘llar o‘nqir-cho‘nqir bo‘lganligi sababli oyoqlari zirqirab og‘ribdi. Sayohatga chiqqaniga pushaymon bo‘lgan qirol mamlakatdagi barcha yo‘llarni mo‘yna…

To‘liq...

Mo‘jizaga ishoning

Qadimda bir kichik qishloqda Shohrux degan bolakay yashardi. U to‘polonchi, sho‘x, har kuni ko‘zining tagi ko‘karib kelardi. Qish kunlarining birida Shohrux o‘rtoqlari bilan tortishib qoldi. U o‘rtoqlariga “Qorbobo faqat ertaklarda bo‘ladi”, – deb qichqirar edi. So‘ngra o‘rtoqlariga Qorboboning yo‘qligini ishontirish uchun hech kimga aytmasdan…

To‘liq...

Otaga itoat qilish kerak

Bir Maymun kenja bolasi bilan yashardi. Ba’zan kenjatoyni o‘zi bilan tashqariga olib chiqar, gohida uyda yolg‘iz qoldirardi. Maymuncha esa hali o‘zini dushmanlardan himoya qilishni bilmasdi. Kunlardan bir kuni otasi unga eshikni hech kimga ochmasligini tayinlab, yegulik qidirib chiqib ketibdi.

Kenjavoy uyda o‘tiraverib zerikibdi. Dera­zadan…

To‘liq...

Shum bola o‘zga sayyorada

(Boshi o‘tgan sonda)

Shu payt Yu uchib keladi

 

Yu: – Salom bolalar! (kuladi).

Omon: – Yu, yaxshi­misan? Qo‘ling... Iya qo‘­ling joyida-yu!

Qoravoy: – Iya, Yu, tushun­madim. Qo‘lingni anavi dev yulib olgandi-ku! Qanday qilib yana qo‘l paydo bo‘ldi?

Yu: – U yerda boshqa bir qorong‘i xona bor. Unga kir, o‘zingga kel. U yoqda ko‘r…

To‘liq...

Kim maymun?

Buvim bilan o‘tirib bemalol nonushta qilgach dasturxonni yig‘ishtirgach qoqqani  hovliga chiqdim. Havo aynibdi. Oftob kulrang bulutlar  orasiga kirib ketibdi. Buni ko‘rib dilim xira tortdi. Qiziq, ob-havo nega odamning kayfiyatiga ta’sir qilar ekan-a, o‘yladim ichkariga kirayotib. Ko‘zim beixtiyor devordagi soatga tushdi. “Obbo, darrov 12…

To‘liq...

Istak

Iskandar sinfdoshi Olim bilan hech chiqisha olmaydi. Iskandar ancha qitmir. Darsdami, tanaffusdami – farqi yo‘q, kimgadir tegajog‘liq qiladi, kimgadir turtinadi. Shu sabab goh o‘qituvchilardan, goh sinfdoshlaridan tanbeh eshitadi. Shundanmi beozor, xushmuomala,  hamisha xushbichim kiyinib yuradigan Olimni ko‘rsa negadir g‘ashi kelar, “Hmm,…

To‘liq...

Yaxshi bola

Farhodning oyisi yangi qurilgan tandirda yog‘li patirga qo‘shib shirin kulchalar yopdi. Tandirdan qaynoq nonlarni uzib, savatga soldi. Keyin biroz hovuri bosilgan kulchalardan birini olib kosadagi muzday suvga botirdi-da, boyadan beri tandir atrofida o‘ralashib yurgan o‘g‘liga tutqazdi. Yana bir qip-qizil bo‘lib pishgan kulchani sochiqqa o‘rashga…

To‘liq...

Shum bola o‘zga sayyorada

(Boshi o‘tgan sonda)

Qoravoy: – Raketadan tusharkan. Venera va yer Quyoshdan deyarli bir xil miqdorda issiqlik olarkan.

Omon: – U yerda qanday yuramiz? Qanday nafas olamiz, o‘lib qolmaymizmi?

Qoravoy: – Qo‘rqma, o‘lmaymiz. U yerda maxsus kiyimda yuramiz. Chunki  tuprog‘i g‘oyat issiq, qum-toshli sahro. Ammo uning magnit maydoni deyarli yo‘q.…

To‘liq...

Qayerdasan, jodi

Mana,  ikki haftadir-ki, qishloqdamiz.  Tushungandirsiz. Mehmonlik hurmatimiz tugagan. Shuncha kun  bolam-bo‘tam qilib  silab-siypalagan, qo‘limizni sovuq suvga urdirmagan bobo-buvim ham bizga endi bemalol ish buyurishyapti.  Dadam eshitmasin-ku, qishloqda ish tugamaydi. Saharlab turib olma, nashvatining tagiga…

To‘liq...

Ochko‘zlik qilmang

“QAMAR MEDIA” MCHJ nashriyotida chop etilgan “365 kunga 365 ibratli hikoya” nomli kitobida siz bolajonlarning kelajakda yaxshi inson bo‘lib kamolga yetishingizga, chiroyli tarbiya topishingizga ko‘mak beradigan  ajoyib rivoyatlar, tarixiy voqealar o‘rin olgan.  Afsuski, bu kitob hali ko‘pchilik  xonadonlarga  yetib bormagan. Ana…

To‘liq...

Saboq

Dilshod bilan Murod qadrdon do‘st. Ular bir sinfda tahsil oladi, birga dars qiladi. Har ishni birgalikda bajarishga intiladi.

 Ikki do‘st maktab yo‘lakchasidan ketayotgan edi Murodning ko‘zi yerda yotgan  pulga tushdi.

– Do‘stim, anavi yerda yotgan pulmi?

– Qani? – Dilshod u ko‘rsatgan tomonga qaradi-yu, darhol pulni qo‘liga oldi. – 50…

To‘liq...

Qimmatli sovg‘a

Gulnoza juda tortinchoq, muomalaga tez kirisholmaydi. Ammo Nasiba samimiy, ko‘ngli ochiq bo‘lgani uchunmi, ularning sinfiga yaqinda kelgan bo‘lsa-da, Gulnoza bilan tez til topishdi. Yaqinda Nasibaning tug‘ilgan kuni. Gulnoza ham barcha sinfdoshlari qatori tug‘ilgan kunga taklif qilingan.

Darsdan so‘ng ikki dugona maktab darvozasi yonida biroz…

To‘liq...

Quvvat

Otam daraxt ko‘pligidan deyarli bog‘ga aylanib bo‘lgan tomorqamizda o‘t  o‘rayotgandi. Men otamning harakatini zavq bilan kuzatardim. Shu lahzalarda onam ish buyurib takror-takror chaqirsalar ham  bog‘dan jilgim kelmasdi. Buni payqagan otam menga kulimsiragancha onam tomonga ovoz berdi: – Qo‘yaver, bolang menga qarashyapti. Aslida, esa…

To‘liq...

Yetim qo‘zi

(boshi o‘tgan sonlarda)

Ertalab  turishim bilan tog‘am:

– Po‘latjon, yetim qo‘zining daragi topildi! – dedi. – Qo‘shni ovulning podasiga qo‘shilib ketibdi, zang‘ar. Choy-poy ichib olinglar, keyin Salomat bilan borib, olib kelasizlar.

Tuni bilan menga uyqu bermagan, “O‘zini shoqol-u tulkilarga oldirmaydigan” o‘sha qo‘zini bir ko‘rsam edi! –…

To‘liq...

Jasurning qo‘rquvi

(voqeiy hikoya)

Eshik ochilganday bo‘l­­­di. Uyquga cho‘zilgan Jasurning ko‘ziga qan­daydir sharpa ko‘rindi. Ko‘­zini yumib oldi. U yoqqa ag‘anadi, bu yoqqa ag‘anadi, ammo uni bat­tar qo‘rquv tuy­g‘usi chir­­­mayverdi. Ko‘z oldidan alag‘-jalag‘ man­za­­­ralar o‘ta bosh­ladi. Qilichini…

To‘liq...

Buvimning nasihati

Men yoz faslini yaxshi ko‘raman. Nega deysizmi? Chunki ta’tilga chiqamiz-da. Men har yili yozgi ta’tilda qishloqqa, ya’ni tog‘amlarnikiga borishga oshiqaman. Agar bilsangiz, shaharning eng suluv joylari ham qishloqning musaffo havosi yo‘g‘rilgan tabiatiga teng kelolmaydi. Xullas, ming marta eshitgandan bir bor ko‘rgan yaxshi. Shu kabi o‘ylar bilan…

To‘liq...

Yetim qo‘zi

(Boshi o‘tgan sonda)

Ertasiga tong otar-otmasdan Salomat meni yulqilab uyqudan uyg‘otdi. Har kuni choshgohgacha uxlab o‘rgangan odamga tonggi mazali uyqudan kechish oson emas ekan. Yulqilayvergach, noiloj o‘rnimdan turdim. Bir-ikki piyola choy ichdik-da, sog‘in sigirni oldimizga olib, dalaga ketdik. Otiz dambasining eng o‘tli yeriga molning…

To‘liq...

Faxriy yorliq

Toshkent halqa yo‘lining qarama-qarshi tomonida uzundan uzoq masofani egallagan Zangiota tumanida kattagina hovlimiz bor. Hovlida barcha oila-a’zolarimizga yetib ortadigan ish topiladi. Xuddi  anavi  “Suyunchi” badiiy filmidagidek “Shermat, suv olib kel”, “Shermat, o‘tin yor”, “Shermat, mollarga yem ber” kabi uy-ro‘zg‘or ishlari,…

To‘liq...

Tirbandlik

“Suv sathi sabab qayiq yo‘nalishini o‘zgartira olgani kabi, inson birgina qarori bilan manzilini belgilaydi”.

 

Naziraning bugungi kuni kutil­ma­gan xabarlar, takliflar bilan boshlandi. Madaniyat markazidagi ustozi qo‘ng‘i­roq qilib, yoshlar oyligi doirasida o‘tka­zilishi kutilayotgan konsert dasturiga bosh­lovchilikka…

To‘liq...

Yaxshilik

Atrof jim-jit. Quyosh­ning zarrin nurlari butun bor­liq bo‘ylab tarala boshladi.

Uyqudan barvaqt uyg‘ongan Yurik derazadan tashqariga qaradi. U kunning ajoyibligidan zavqlanib  atrofga tikilar ekan, kimgadir yaxshilik qilish, shu yo‘l bilan hammaning mehrini qozonish haqida o‘ylab qoldi.

 Yurik  kimga, qanday yaxshilik qilsam…

To‘liq...

Beparvolik kasri

Bahor. Yomg‘irli kunlar. Shahnoza dera­zadan yomg‘ir yog‘ishini tomosha qilyapti. “Eh-h, yomg‘ir tezroq tugay qolsaydi, o‘r­toqlarim bilan mazza qilib o‘ynardik”, – deb xo‘rsindi u. Nihoyat yomg‘ir tindi.  Bulutlar ortidan quyosh ko‘rindi. Shahnoza yugurib oshxonaga onasining oldiga bordi.

–  Oyijon yomg‘ir to‘xtadi. Endi ko‘chaga…

To‘liq...

Telepat

Taniqli yozuvchi Erkin USMONOV  “Gulxan” jurnalining sadoqatli do‘stlaridan  edi. Bunday  deyishimga sabab, u kishi  butun umr jurnal bilan hamkorlik qildi. Qanday asar yozmasin,  hikoyami, sarguzasht qissami darhol tahririyatimizga olib kelardi. Bu  asarni birinchi bo‘lib “Gulxan”chilar o‘qisin, bu bolalar juda…

To‘liq...

Ekin ekkan echki

Qoravoy laqabli echki doim podadan qochib  ketar, o‘tlab yurganida bironta poliz yoki tomorqaning yonidan o‘tib qolsa, g‘ov-to‘siqlardan ham osongina sakrab o‘tardi-da,  ichkariga kirib, sabzi, karam, lavlagilarni yeb, yeyishga ulgurmaganlarini toptab tashlardi.  Qoravoyning bunaqangi qilig‘idan so‘ng dehqondan rosa gap eshitgan…

To‘liq...

Vaʼda

Anvarning matematika faniga xushi yo‘qroq. Yozma ish o‘tkaziladigan  bo‘lsa, bir parcha qog‘ozga “Men sening do‘stingman” deb yozib bilimdonlarga jo‘natadi. O‘tgan safar daftari uyda qolib ketgani uchun dars oxirigacha tik oyoqda turdi. Dars so‘nggida “Ustoz, uy vazifasini keyingi safar, albatta, bajarib kelaman, “o‘g‘il bola gap”, deb so‘z…

To‘liq...

Ota ariq nega ranjidi

Bir ariqchadan toza, tiniq suv oqib bog‘-u rog‘larni sug‘orar, atrofdagi o‘simliklarga hayot baxsh etarkan. Bir kuni ko‘chada o‘ynayotgan bolalar ariqqa axlat tashlab, uni iflos qilishibdi. Suv bolalarning bu ishidan xafa bo‘lib, tepadagi katta ota ariqqa aytib beribdi. Ariq bobo ariqchaga boshqa suv bermay qo‘yibdi. Oqibatda ariqcha bo‘yidagi…

To‘liq...

Maqtonchoqning holi

Deraza tokchasidagi sopol tuvakka ekilgan Piongul xonaga o‘zgacha tarovat baxsh etar edi. Gul o‘sib kattalashgach, tomirlari tuvakka qisilib, yaxshi o‘sa olmay qolibdi.

Bir kuni tuvak Piongulga qarab:

– Sen mensiz bir kun ham yashay olmaysan. Sening gullab-yashnashingning asosiy sababchisi menman. Demak, mendan bir umr qarzdorsan, mening qadrimga…

To‘liq...

Dono Alisher

Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r aytubdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas.

Zahiriddin Muhammad BOBUR

Undan (Alisher Navoiy) avval va undan keyin hech kim turkiy tilda she’rni undan ko‘proq va undan yuksakroq yozolgan emas. U forsiy she’rni ham ko‘p yozgan.

Muhammad Haydar MIRZO

Bu ulug‘ amir din-u davlat…

To‘liq...

Itning egasi kim?

Kolya bilan Vanya ko‘chada egasiz yurgan katta, qop-qora itni ko‘rib qolishdi. Itning o‘ng oyog‘i yaralangan, ko‘zlaridan joni qattiq og‘riyotgani sezilib turardi. Bolalar uning yoniga borib, boshini silashdi, oyog‘iga qarab achinishdi va unga bir joy topib g‘amxo‘rlik qilishga kelishib olishdi. Ikki o‘rtoq kundan-kunga tetiklashib, tuzalayotgan…

To‘liq...

Xabarchi chumoli

Zamira IBROHIMOVA  bolalarni  juda yaxshi ko‘radi. Adibaning Ko‘chaning fayzi nomli yangi hikoya va ertaklar to‘plami o‘ziga xos qiziqarli voqealarga boyligi, bolalar olami, ularning orzu-istaklari, jonzotlar hayoti, tabiat ajoyibotlari haqida hikoya qiladi. Quyida taqdim etilayotgan chumolilar haqidagi hikoyani o‘qib chiqqach,…

To‘liq...

Umbaloq

Firdavslarning  hovlisidan ariq oqib o‘tadi. Shundanmi, dadasi hovlida o‘rdak boqadi. O‘rdaklar tuxumini shundoq qirg‘oqqa qo‘yadi.

O‘rdakning tuxumi tovuq tuxumidan  kattaroq, po‘chog‘i ham qalin bo‘ladi.   Jo‘jalar tovuq bolasi kabi tuxumdan o‘n to‘qqiz kunda emas, yigirma yetti kunda yorib chiqadi.

 Bu yil ham …

To‘liq...

Qulogʻim bor-ku

Bobom va enamdan bo‘lak  hamma meni “sen – quloqsiz bola”, – deydi. Uyda oyimning topgan gapi faqat shu: “Sen bola, buncha quloqsiz bo‘lmasang-a, qachon bundoq odamga o‘xshab gapga tushunasan? Senga bir gapni uqtirguncha esim og‘adi!” Maktabda esa o‘qituvchim: “Sen quloqsiz bolaga bir nimani gapirganimdan ko‘ra, devorga aytganim ming marta…

To‘liq...

Aybsiz aybdor

Taniqli rus bolalar yozuvchisi Nikolay NOSOV 1908-yil Kiyevda aktyorlar oilasida tug‘ilgan. 1938-yildan uning Murzilka jurnali bilan hamkorligi boshlangan. “Jonli shlyapa”, “Bodring”, “Ajoyib shim”, “Mishkaning bo‘tqasi”, “Bog‘bonlar”, “Xayolparastlar” nomli hikoyalari  o‘quvchilar tomonidan qizg‘in kutib olingan. Yozuvchining aksariyat…

To‘liq...

Hushtak

Benjamin Franklin

Yoshim yettida edi. Bayramlarning birida oʻrtoqlarim menga bir hovuch chaqa sovgʻa qilishdi. Men oʻsha zahoti oʻyinchoqlar doʻkoniga ravona boʻldim. Yoʻlda ketayotganimda bir bola chalayotgan hushtak sadosi hushimni oʻgʻirladi va doʻkonga kirib bor pulimga hushtak sotib oldim. Uyga qaytgach quloqni qomatga keltirib hushtak chala…

To‘liq...

Aka

Qish boshlanishidan darak berib, izg‘irinli kuzak shamoli esardi. Ustiga-ustak maydalab yog‘ayotgan yomg‘ir shiddati kuchayib, sovuq tomchilar shahardan uyga qaytayotgan Ravshanning yuziga urilardi. Usti shalabbo bo‘lishidan cho‘chigan bola tez-tez yurib  uyiga kirib olishga shoshildi. Kichik temir darvozani ochib, hovliga kirgach ajablandi.…

To‘liq...

Sehrli soʻz

Rus bolalar yozuvchisi Valentina OSEYEVA 1902-yil 28-aprelda Kiyevda muhandis oilasida tugʻilgan. Boʻlajak yozuvchining bolaligi Volganing Katta Samara shahrida oʻtdi. Otasi muhandis, onasi esa gazetada musahhih boʻlib ishlagan. Uning Qizil mushuk, Buvi, Otaning koʻylagi, Mening oʻrtogʻim, Kirpi, Vasyok Trubachev va uning oʻrtoqlari, Dingo…

To‘liq...

Vaqt oʻgʻrilari

Qoʻshni uyda yashovchi Rahmatulloh bilan yaqin doʻstmiz, qadrdon boʻlib ketganmiz. Bir kuni u bilan tong saharlab azbaroyi nima qilishni bilmaganimizdan, kattagina taxta boʻlagidan nimadir yasayotgan paytimiz “taq-taq” degan ovozdan hovlidagi supada uxlayotgan dadam uygʻonib ketdi. Koʻzlarini chala ochib:

– Obbo, vaqt oʻgʻrilari-yey! Yana…

To‘liq...

Non ushoqlari

Oʻgʻilchaga tanbeh berildi. Ayni tushlik paytida: “Noningni dasturxon yonida ye! Toʻpingni keyin oʻynaysan!..”

Oʻgʻilcha parvo ham qilmadi: oyogʻida toʻp, qoʻlida non...

– Kimga aytyapman?! Dasturxonga kel!

Koʻzi toʻpda, qoʻlida non, qulogʻida – tinglagich...

– Hoy, bemaza! Nonning ushoqlari toʻkilyapti!

Telefondan ashula tinglayotgan bolaga…

To‘liq...

Aqli kirdi

Yakshanba, yaqindagina koʻchaga oʻynagani chiqib ketgan Akmaljon hovliqqancha hovliga qaytdi.

– Dada, dada-a!

Kursi ustiga chiqib kir yuvayotgan opachasi Aqida soʻradi:

– Namuncha baqirmasang! Dadam nimaga kerak boʻlib qoldilar yana?..

– Aytmayman!

– Xo-o, buni qaranglar-a... Dadajoning uyda yoʻqlar!

– Varrak yasab berishlari kerak!

– Unday…

To‘liq...

Olis sayyorada

Davomi. Boshlanishi: Olis sayyorada

Qiyomat Yolqinlarnikida boʻldi.

Eshikni taqillatib kelgan qora soqol, koʻzlari muloyim kishining gaplarini Asolat opa dastlab yaxshi anglamadi.

– Oʻgʻlingiz Yolqinjon mening oʻgʻlim Chiliqkeb bilan oshna, biznikida qoldi, xavotir olmanglar, – dedi u. Eng qizigʻi, u buzoqni ham yetaklab olgandi. Nomaʼlum kishi…

To‘liq...

Gʻamxoʻr gul

Konstantin Paustovskiy

Dunyo miqyosida tan olingan ijodkor Konstantin Paustovskiy 1892-yil 31-mayda Moskva shahrida tugʻilgan. U Kiyevdagi gimnaziyada oʻqiyotganda oʻzining birinchi “Suv ustida” hikoyasini yozadi. Hikoya “Chiroqlar” jurnalida nashr etiladi. 1912-yilda u Kiyev universitetiga oʻqishga kiradi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, Moskva…

To‘liq...

Ona tulki

Sardor qoʻylarini qirning kungay tomoniga haydadi. Tabiatdan zavqlanib, koʻm-koʻk maysa ustiga choʻzildi. Bir oz yotgan edi hamki, iti qoplonning qattiq hurgani, qandaydir jonivorning gʻingshigani eshitildi. Boshini koʻtarib qaradi. Itining oyogʻi ostida tulki bolasi yotardi. Sakrab turib uni itining hamlasidan qutqardi. “Onasini yoʻqotib qoʻygan…

To‘liq...

Olis sayyorada

Davomi. Boshlanishi: Olis sayyorada

Nimani qidiryapsan? – narida qolganlardan biri soʻradi.

– Birov borga oʻxshaydi. Gaplashgani eshitilgandek boʻldi. – Toshyurak yana atrofga sinchiklab qarab, orqasiga qaytdi.

– Vahimachi boʻlib qolibsan, – dedi sheriklari.

– Hadeb oʻlib-tirilavergandan keyin, juda hushyor boʻlib ketarkansan, – Toshyurak…

To‘liq...

Mitti baliqcha

Bu voqea ancha yillar oldin men yashagan chekka qishloqda sodir boʻlgan. Yozning issiq kunlari qishlogʻimizda suv kamayib ketardi. Bu esa odamlarga anchagina tashvish keltirardi. Tong sahardan yarim tungacha quduqlar atrofidan odam arimasdi. Hatto suv tugab, chelaklar qop-qora loyga belanib chiqqan paytlarni ham koʻrganman. Yosh bola boʻlsam ham…

To‘liq...

Yoʻlini topdi

Oʻrtoqlari bilan oʻynab qaytgan Firdavs buvisining yoniga bordi. Buvisi gulzordagi rayhonlarning urugʻlagan shoxlarini qaychilab tashlayotgan ekan.

– Buvijon, iltimos ertak aytib bering.

– Ertak! Kuppa-kunduzi-ya?

– Nima, kunduzi ertak aytib boʻlmaydimi?

– Boʻlmaydi. Kunduzi ertak aytgan odamni Quyosh jazolaydi.

– Quyosh! Qanday qilib?!

– Kimda-kim…

To‘liq...

Orzu

Issiq yoz kunlari edi. Toʻrt yashar Baxtiyor adasi bilan togʻasinikiga ketayotgan edi. Yoʻlda ular juda chanqashdi. Adasi mashinasini toʻxtatgach, choyxonaga kirishdi. Choyxona anhor yoqasiga tushgan boʻlib, nariroqda katta koʻprik qurilayotgan edi. Baxtiyor choy sovuguncha oʻsha yoqdan koʻzini olmay, tomosha qilib oʻtirdi: buldozer olamni buzib…

To‘liq...

Olis sayyorada

Davomi. Boshi bu yerda: Olis sayyorada

– Yigʻlamanglar. Bizda hatto qizlar ham yigʻlamaydi.

Bolalar avjiga chiqishdi:

– Endi nima qilamiz? Qancha puldan qoldik. Kemaga nega chiqdik! Eh, attang!

Yolqin birdan toʻxtab Toʻlqinga tikildi.

– Arillama. Bozorga borishimizni qayerdan bildi?

– Mana, – Aʼloxon mitti qutichani koʻrsatdi, – bu yerda sizlar…

To‘liq...

Yaxshilikni oʻz vaqtida qil

Bolalarga oromgoh juda yoqdi. Havosi toza, atrofi togʻ, hamma yoq yam-yashil maydon. Ammo, aynan shu oromgohning yana bir oʻzgacha tomoni bor edi. Bu yerdagi dam oluvchilar ota-onasidan olgan pulga doʻkondan hech narsa xarid qila olmas, biroq pulni oʻzlari ishlab topishlari mumkin edi. Qanday qilib deysizmi? Turli musobaqalarda gʻolib boʻlib-da!…

To‘liq...

Yongʻin

Kuz kunlarining biri. Erta tong. Nonushta qilib boʻlgandan soʻng, dadam ishga, ukam oʻqishga ketdi. Onam uyda qoldilar. Dadam ketar chogʻlarida bogʻga borib, sigirlarni oʻtloqqa bogʻlab kelishimni aytdilar. Bogʻimiz uyimizdan uzoqroqda boʻlgani sababli, velosipedda borardim. Darvozadan chiqayotganimda, kichik xaltachadagi ozgina chiqindiga koʻzim…

To‘liq...

Urush yillarida

(voqeiy hikoya)

Murtazo bobom aytib bergan bu voqea bir burda non topib, qorinni toʻydirish qiyin boʻlgan Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan davrda boʻlgan ekan. U paytda bobom oʻn ikki-oʻn uch yoshlardagi bolakay ekan. Bobomning otasi mahallasining obroʻli ziyolilaridan boʻlib, xalq orasida Olovuddin eshon nomi bilan mashhur ekan.

Yakshanba…

To‘liq...

Olis sayyorada

Yozuvchi Temur Ubaydullo ijodini bolalarga sheʼr, doston, hikoyalar yozishdan boshlagan. Uning Telefon”, “Qirlar toʻla qizgʻaldoq, Hayot guli kabi yigirmaga yaqin kitoblari chop etilgan. Adibning aytishicha, Olis sayyorada deb nomlangan qissasi nevaralariga aytib bergan ertaklari asosida yaralgan. Unda Toʻlqin va Yolqin ismli ikki oʻrtoqning…

To‘liq...

Topilma

Mixail Zoshchenko

Bir kuni Lelya opam bilan shokoladdan boʻshagan qutini olib, ichiga qurbaqa bilan oʻrgimchak soldik. Keyin qutini chiroyli gulqogʻozga oʻrab, koʻk bogʻich bilan bogʻladik-da, koʻrganlar goʻyoki kimdir sovgʻasini tushirib qoʻyibdi shekilli, deb oʻylashlari uchun bogʻ oldidagi yoʻlakka qoʻydik. Oʻzimizni kulgidan zoʻrgʻa toʻxtatib,…

To‘liq...

Yaxshilikni bilaman(mi?)

Akrom birinchi sinfda oʻqiydi. Oʻqish darsida ustoz Muhayyo Joʻraevna uni doskaga chaqirdi. Akrom kecha kun boʻyi telefon oʻynab, sheʼrni yaxshi yodlamagan edi. Xohlamaygina oʻrnidan turib, ustozning stoli yoniga bordi.

– Akromjon, qaysi sheʼrni yodlab kelish kerak edi?

– Dilshod Rajabning “Kitobim, jon kitobim” sheʼrini.

– Qani chiroyli qilib…

To‘liq...

Gʻaroyib shamol

Jonga tegdi shu matematika. Hozir dars boshlanadi, keyin oʻqituvchi kirib, bemaʼni misollarni yechtiradi. Shu darsga kirmasak-chi, Mirjamol, – dedi Elyor.

– Nega endi bemaʼni boʻlarkan? Axir matematika juda qiziq fan-ku, – hayron boʻldi Mirjamol.

– Ey, nimasi qiziq. Agar men sehrgarga roʻbaro boʻlganimda, matematikani butunlay yoʻq boʻlishini,…

To‘liq...

Yigʻlayotgan tuflilar

Firdavsga adasi chiroyli loklangan qora tufli olib berdi. Firdavs tuflini uyoq-buyogʻiga qarab, rosa suyindi. Yomgʻir tinishi bilan yangi tuflini kiyib koʻchaga otlandi.

– Firdavs, qayoqqa? – soʻradi buvisi.

– Oʻrtoqlarimga tuflimni koʻrsatib kelay.

– Loklangan tuflini nam havoda koʻchaga kiyib chiqma. Hali oftob chiqqach, borasan.

– Nega? – hayron…

To‘liq...

“Ajoyib” fikrning azobi

– Bobojon, sinfdoshim Jasur katta bolalarga qoʻshilib nos chekar ekan. Shu haqida oʻqituvchimizga aytsam, chaqmachaqar boʻlib qolmaymanmi? Oʻzi odamlar sigaret, nosvoyni nega chekishadi? Axir turgan-bitgani sogʻliqqa ziyon boʻlsa. Mana, siz balki nos chekmaganingiz uchun ham sogʻlom, tetikdirsiz, – dedi Nazokat supada choy ichib oʻtirgan bobosiga…

To‘liq...

Danakdagi bogʻ

Laziz 4-sinfda oʻqiydi. Odobnoma darsida oʻqituvchi “Bir danakda butun bir bogʻ uxlab yotadi” mavzusini oʻtgach, bolalarga yuzlanib:

– Siz ham avval kichik edingiz. Ota-onangiz sizlarni tarbiyalab oʻstirganlaridan soʻng qoʻlingizdan ish kelib, dastyor boʻlib qoldingiz. Xuddi shunday, bir dona danak ham yerga tushgandan keyin ona tabiat uni yomgʻir…

To‘liq...

Aldovning azobi

Men oʻqiyotgan gimnaziyada ustozlar anchagina qattiqqoʻl edi. Ular bizga birorta darsni qoldirishimizga ruxsat berishmasdi. Gimnaziyada oʻquvchilar birdan beshgacha boʻlgan ball asosida baholanardi. Men gimnaziyaga kelganimda atigi yetti yoshda edim. U yerdagi tartib-qoidalarni, darslar qay tarzda oʻtilishini bilmas edim. Shuning uchun boʻlsa kerak…

To‘liq...

Yomgʻir bilan koʻz yoshi

Osmonda qora bulutlar suzardi. Birdan sharros yomgʻir quydi. Yoʻlda oqib ketayotgan yomgʻir inson koʻz yoshiga duch kelibdi.

Yomgʻir: – Ey inson koʻz yoshi, sen kuchlimi yoki men? – deb soʻrabdi.

Koʻz yoshi boʻlsa, Yomgʻirning oʻrinsiz savolidan ajablanib, indamabdi.

Yomgʻir: – Nega indamaysan! Mening kuchliligimni hamma biladi. Men yer-u koʻkni…

To‘liq...

Sen bilan siz

Bir kuni Sen bilan Siz bahslashib qolishibdi.

Sen debdi: – Men shunday bir kuchli soʻzmanki, ogʻzimdan chiqqan har bir “sen” odamlarga buyruq maʼnosini bildiradi. “Sen shuni bajarasan, vassalom”, – deyishadi.

Buni eshitgan Siz esa: – Yoʻq, siz mana bu gapga quloq soling, deb, bir suhbatni tinglashni taklif etibdi. U yerda ikki kishi shunday shirin…

To‘liq...

Qoʻrqitib quvonib boʻlmaydi

Islombekka adasi koʻrinishi judayam xunuk – qop-qora yopishqoq oʻrgimchak oʻyinchoq sovgʻa qildi.

– Zoʻr ekan, ertaga maktabga olib borib, Muslimaning yelkasiga qoʻyib bir qoʻrqitay, – dedi u sovgʻani qoʻlida aylantirar ekan.

– Bolam, qiz bola qoʻrqib ketsa, yaxshimi? – soʻradi buvisi hayron boʻlib.

– Qoʻrqsa, boshqa maqtanmaydigan boʻladi, bolalar…

To‘liq...

Hayrat olami

“Gulxan” jurnali bosib oʻtgan 90 yillik yoʻliga nazar tashlasak, unga mashhur yozuvchi va shoirlar, bolalarga mehr qoʻygan ijodkorlar bosh muharrir boʻlib ishlaganlariga guvoh boʻlamiz. Ular haqida ilgari ham koʻp marotaba eslab oʻtganmiz. Ana shu betakror bosh muharrirlar safidan – Oʻzbekiston xalq shoiri Jumaniyoz JABBOROV ham oʻrin olgan.…

To‘liq...

Tilxat

Baland gʻishtin qoʻrgʻonning ikki tabaqali keng, qoʻngʻirtus darvozasi lang ochiq. Xizmatkorlar rango-rang bezatilgan otlarni yetaklab chiqishyapti. Maktabdan qaytayotgan Temurbek padari buzrukvorining qayoqqadir otlanayotganini darhol sezdi. “Otasining tashvishlari koʻp. Xon yoʻqlagan yoki biror bek toʻyga chaqirgan, balki biror choʻponning…

To‘liq...

Yushka

Davomi. Boshlanishi bu yerda: Yushka.

 

– Ha, ular seni yurakdan yaxshi koʻrib, oʻz hisob-kitoblari boʻyicha doʻpposlaydilar, – dedi Dasha.

– Bu toʻgʻri. Ular meni koʻchada yurishga ham qoʻymaydilar, menga ozor beradilar, shikast yetkazadilar.

– E-e, Yushka, Yushka, axir sen otasan-ku, shunday emasmi? Unchalik qari ham emassan.

– Hecham qari…

To‘liq...

Oʻzgarish

Avvallari boʻlar-boʻlmasga xarxasha qiladigan Sodiqjon bogʻchaning katta guruhiga oʻtdi-yu, oʻzgardi-qoldi. Yurish-turishida ham, gap-soʻzida ham bosiq, muloyim bolaga aylandi. Uydagi hamma ishda – hovlilarni supurib-sidirishda, idish-tovoqlarni yuvib qoʻyishda oyisining yaqin yordamchisi boʻldi. Kecha boʻlsa qilgan ishi bilan hatto dadasini ham…

To‘liq...

Sobirjon fermer

Sobirjon qoʻshni Rahima xolalarnikiga kirdi-yu, hayron qoldi. Katakdagi besh-oltita tovuq tinmay qaqagʻlardi.

– Ha tinmagurlar-a, – dedi Rahima xola. – Tuxum berganlari yaxshiku-ya, lekin odamni tindirmaydi-da.

– Qancha tuxum beradi xola? – qiziqsindi Sobirjon.

Rahima xola unga jilmayib qaradi:

– Qancha mehr bersang, qancha don bersang, shuncha…

To‘liq...

Shirin soʻzim – rizq-u roʻzim

Avtobus liq toʻla odam. Bekatda oldi eshikdan bir qariya-yu tuguncha koʻtargan kampir chiqdi. Ikki-uch bekat yurmay yoʻlovchilar ularni avtobusning oʻrtasigacha surib olib borib qoʻyishdi.

– Oʻgʻlim, – dedi tik turgan qariya bir kishilik oʻrindiqda oʻtirgan oʻsmirga yuzlanib, – mana bu 80 dan oshgan buving ozgina qiynalib qoldi chogʻi, senga…

To‘liq...

Zukko Murodjon

– Oyijon, bugun ota-onalar majlisi, borasiz-a, – oila aʼzolari dasturxon atrofida jamuljam oʻtirishganida eslatdi Murodjon.

– Yana-mi?! Ustozing hadeb majlis qilaverar ekan-da, – norozi ohangda dedi Sevara opa.

– Avvalgi chorak yakunidagi majlisga ham hech kim bormagan.

– Dadang boradi.

– E, yoʻq, oʻzing boraver, meni vaqtim yoʻq, koʻryapsan-ku…

To‘liq...

Yushka

Andrey Platonov

Qadrli oʻquvchilar, minglab tomoshabinlar qalbidan joy olgan “Finist sarlochin” filmini qayta-qayta tomosha qilgansiz. Ana shu ajoyib asar muallifi rus adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli yozuvchi va shoir, dramaturg Andrey Platonov boʻladi. Adib 1899-yilda Voronej shahrida temiryoʻlchi oilasida tugʻilgan. U oʻn bir farzandning…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.