Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bag‘ring chaman

O‘yingda Vatan,

Niyating ulkan,

Oshaver dovon,

Bag‘ring bir chaman,

Yashnayver, “Gulxan”!

 

Yuzlaring zarhal,

So‘zlaring teran,

Sen – o‘chmas mash’al.

Har doim yuksal,

Yashnayver, “Gulxan”!

 

Doim bo‘l ishchan,

Qalbda yon gulxan!

Quchoq ochamiz!

Mushtoq kutamiz!

Yashnayver, “Gulxan”!

 

G‘afur BOLQIYEV,

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.