Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

She’riyat gultoji

She’riyat gultoji bo‘lgan ulug‘ zot,

Sizga havas ila boqar yosh avlod.

Bo‘lsin mahliqolar sizga qo‘shqanot,

Zulfiyaxonimni eslaylik bu kun!

 

Sizga noma bitdim bugun saharda.

Ilk novda ko‘z ochmish ushbu nahorda,

Namuna bo‘ldingiz xulq-u odobda,

Zulfiyaxonimni eslaylik bu kun!

 

Qarang, izdoshlarning ko‘ksida ko‘rkam,

Siymongiz aks etgan, go‘zaldir biram.

Ularning qalbida – ash’or bir olam,

Zulfiyaxonimni eslaylik bu kun!

 

Nasiba AVAZOVA,

Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi

17-maktab o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.