Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Chiroqli “daraxt”

Buyuk Britaniyaning London shahrida “Svetofor-daraxt” o‘tqazilganiga 10 yildan oshdi. Bu ajoyib daraxt o‘z shoxlaridan 75 ta svetoforga joy bergan. Har bir svetofor mutlaqo bexato ishlaydi, ularning chiroqlari navbati bilan almashinib, yonib-o‘chadi. “Svetofor-daraxt” shaharning gavjum chorrahalaridan birida joylashgan bo‘lib, haydovchi-yu yo‘lovchilarni yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chorlab turadi.

Bu ajoyib kompozitsiyani haykaltarosh-rassom Per Vivant yaratgan. Fransiyalik rassomning Londonga hadya qilgan mo‘jizaviy “daraxti” bugungi kunda ko‘plab sayyohlar e’tiborini tortmoqda. Bu “daraxt” Londonning Ist-End tumanida joylashgan.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.