Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Choy ichish xavflimi?

Istaymizmi, yo‘qmi, ovqat bilan yoki ovqatdan so‘ng deyarli hamma choy ichadi. Natijada, choyning tarkibidagi tanin moddasi iste’mol qilgan oziq mahsulotlarimizda mavjud, biz uchun muhim vitamin va moddalarni parchalab yuboradi. Natijada organizmimizda vitaminlar yetishmasligi yuzaga keladi. Buni ko‘pchiligimiz bilamiz. Ammo...

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, choy bilan birga iste’mol qilingan go‘shtning 40 foizi qonga so‘rilmaydi. Mevalarning ham shuncha miqdori tanamizni bejizga “sayr qilib” ketadi. Umumiy tarzda oladigan bo‘lsak, choy bilan iste’mol qilingan mahsulotlarimizdagi vitamin va temir moddasining kamida 70 foizi qonga so‘rilmay qoladi. Bu esa salomatligimiz uchun salbiy ta’sirdir. Oqibati shuki, tanamiz kamqonlik deb nomlanuvchi va shunga o‘xshash ko‘plab xastaliklarga asir bo‘lib qoladi. Xo‘sh, unda choy ichmaslik kerak ekanda, degan xayolga bormang. Yaxshisi, tibbiyot bizga tavsiya qilayotgan – ovqatlangandan 30 daqiqa o‘tgachgina choy ichgan ma’qul.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.