Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan” bilimdoni

1. Maks Fray oʻz ertagida uni hozirda mavjud boʻlmagan, hayot kechirmayotgan boshqa bir sayyoraga oʻxshatadi. Oybekning “Bolalik” asarida keltirilgan taʼrifga koʻra u misoli kapalak. Qanotlari nozik, begʻubor umri qisqaligi aytib oʻtiladi. Tohir Malikning “Alvido, Bolalik” qissasida u gʻorning kirish joyidagi yorugʻlikka oʻxshatiladi. Diqqat savol, gap nima haqida borayotganini ayting.

 

2. Futbol boʻyicha chempionlar ligasida Italiyaning “Milan” va Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoalari uchrashadi. Ushbu oʻyin toʻgʻrisida internet saytlarining birida chiqqan maqolaning sarlavhasini oʻqisangiz futbol haqida emas, balki boshqa sport turi haqida gap ketayapti, deb oʻylashingiz mumkin. Ushbu sport turini toping.

 

3. Bir karikaturaga koʻra, ikki daraxtning bittasida oddiy qush uchun, ikkinchisida esa pingvin uchun uy qurishgan. Qushning uyi oddiy yogʻochdan yasalgan standart uy edi. Aytingchi, karikaturada nimani pingvinning uyasi sifatida daraxtga ilib qoʻyishgan edi?

 

4. Bogʻchada juda koʻplab bolalar X dan qochishga harakat qilishadi yoki injiqlik qilishadi. Buni qarangki, X yarimtalik ham boʻlishi mumkin ekan. Ayniqsa, suvda yashovchi jonzotlar va qushlarda u yarimta. Bunga asosiy sabablar esa tezkor himoya yoki nafas olishning bir maromda ekanligi. Gap nima haqida borayatganini topib bering.

 

5. Oʻrta asrlarda uzoq safarga otlangan dengizchilarning barchasida hech boʻlmaganda bir dona u boʻlishi kerak boʻlgan. Uning boʻlishi uchun “qurbonlik” qilish zarur boʻlsa ham u boʻlishi har bir dengizchidan soʻralgan. Uning vazifasi qora kunda, dengizchi vafot etsa, yoki nochor qolsa, yordamga kelish boʻlgan. Uni 2 soʻzda topib bering.

2-son javoblari

 

1. Qora dengizning oqib oʻtish joylari haqida gap ketyapti.

2. Ramazon (savolda 12 ta oy va roʻza tutish nazarga olinmoqda).

3. Rene Izoh: Rene Dekart – Dekart ovali, Dekart koordinatalari.

4. Skripka! Familiyalarni bosh harflari boʻyicha.

5. Jaloliddin Manguberdi! Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasi.

6.Qora oltin! Gap neft va uning turli davlatlardagi taʼrifi haqida bormoqda.

 

DILNAVOZ tayyorladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.