Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qadrdon nashrimiz

Oʻquvchilik davrimdan qadrdon boʻlgan “Gulxan” jurnalida ilk topqirlik mashqim 1975-yilda chop etilgan. Shundan beri muntazam qatnashib kelmoqdaman. Bu davrda ustoz Narimon Orifjonov, Temur Ubaydullayevlardan bolalar uchun boshqotirma tuzishning oʻziga xos jihatlarini, shakllar ham mazmunga, ham bolalar dunyoqarashiga muvofiq boʻlish kerakligini, tezkorlikni oʻrgandim. Oʻzim ham jurnaldagi “Sirli sandiq sirlari” rukni ostida bolalarga boshqotirmalar tuzish qoidalarini oʻrgatdim.

Men salkam yarim asrlik qadrdon “Gulxan” jurnalini qutlugʻ 90 yoshi bilan tabriklayman. “Gulxan” yana uzoq yillar gurillab, bolalarimiz qalbini Vatanimizga, millatimizga, bilim va mehnatga muhabbat harorati bilan isitaversin.

Foziljon Oripov

CHAYNKROSSVORD “Zanjir” holida: 1. Tasvirli topqirlik mashqi turi. 2.1964–1971-yillarda “Gulxan” jurnaliga muharrirlik qilgan bolalar adibasi. 3. Bosma nashr miqdori. 4. Quddus Muhammadiy taʼrificha: “Eng aziz odam, odam jamoli, olam jamoli, odam kamoli, odam yodgori”. 5. Jurnalning 1995–2001-yillardagi muharriri.

Boʻyiga: 6. “Gulxan”ga 1985–1995-yillarda muharrirlik qilgan atoqli shoira. 7. “Gulxan”ning muchal yili. 8. Havaskorlarning mashqlari chop etiladigan rukn. 14. Otashin shoir, “Xalq” sheʼri muallifi.

Diagonal boʻyicha: 9. Anvar Obidjonning “Dalalardan bolalarga” turkumidagi sheʼrlaridan biri.

10. Jurnalning shon-sharaf hissi bayon etiladigan rukn.

Oʻngga “zanjir” holida: 12. Zikrilla Neʼmat sheʼridan: “Kimki “Gulxan” oʻqisa, Boʻlar..., bilimdon”. 13. Nashrga aʼzo boʻlish. 15. Jurnal chop etiladigan nashriyot matbaa ijodiy uyi.

TOPSHIRIQ. Shakl aylanalaridagi raqamlar juftini (birinchisi soʻz, ikkinchisi harf tartibini anglatadi) javoblardagi harflar bilan almashtirish orqali topshiriqni hal eting. Bunda sevimli jurnalimizning ilk soni qaysi nom bilan nashr etilganligini bilib olasiz.

KRIPTOGRAMMA. Kalit soʻzlar: 1. Rukn nomidan: “Gulxan”da 10,2, 6,17,2”.

2. Oʻzbek adibi, dramaturg – 18,3, 15,7, 3,4, 4,5.

3. Soʻzdagi harflar oʻrnini almashtirish bilan hal etiladigan jumboq – 2,6, 5,13,7, 2,8, 8,2.

4. Ahloq-odobga mansub rukn – 19,1, 16,4, 2,7, 14,5, 6.

5. Jurnal sahifalarini bezatuvchi – 7,2, 20,20,5, 8.

6. Sheʼr, sheʼriy parcha – 11,2, 12,9.

Endi kalit soʻzlari javoblari orqali shaklning ostki qismidagi raqamlarda yashiringan tabrik soʻzlarni oʻqing.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.