Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Qizil kitob” sahifalaridan

SIRKA DARAXTI

Bu daraxt Hisor tog‘ tizmasi va G‘arbiy Tyan-Shanda o‘sadi. Uning odatdagi bo‘yi 3-4 metr, ayrim joylarda 10 metrga yetib, buta shaklida o‘sadi.

Sirka daraxti yomg‘irni yaxshi ko‘radi. U dengiz sathidan 1200–1400 metr balandlikda, quruq tepalik va toshli yonbag‘irlarda yakka holda uchraydi.

Sirka daraxtining mevasi qizil, g‘ujum-g‘ujum va yumaloq shaklda bo‘ladi. Uning kamayib ketishiga daraxtlarning o‘tin uchun ayovsiz kesib tashlanishi yoki nihollarning chorva mollari tomonidan toptalishi sabab bo‘lgan.

Sirka daraxti Andijon va Toshkent viloyatlarida madaniylashtirilmoqda.

 

KO‘K SUG‘UR

Ko‘k sug‘ur dengiz sathidan 2200–3600 metr balandliklarda tog‘ dashtlari, toshqoyalar etaklarida, qorliklarga yaqin hududlarda yashaydi. Mitti jonivor o‘t-o‘lanlar, boshoqli o‘simliklar, hasharotlar bilan oziqlanadi. Mart-avgust oylarida faol, qolgan paytda u inidan chiqmaydi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ko‘k sug‘urning yo‘qolib borishiga tabiiy kushandasi bo‘ri, tulki, burgut va ilvirslar bilan birga yaylovlarning qisqarib ketayotgani, noqonuniy ovchilarning ayovsizligi ham sabab bo‘lmoqda.

Chotqol tog‘i va Ohangaron yassi tepaliklarida 20 ming dona ko‘k sug‘ur yashamoqda. Ular davlat muhofazasiga olingan.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.