Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yil bo‘yi hamroh

Dars tugashi bilan maktabimiz ku­tubxonasiga boraman. U yerda turli matbuot nashrlari bor. Ular orasidan “Gulxan”ni sevib o‘qiyman. Chunki unda  maktab   hayoti, o‘rnak olsak arziydigan yangiliklar, tengdoshlarim  erishayotgan muvaffaqiyatlar haqida qiziqarli hikoyalar bor.  Jurnal sahifalaridagi  “Mashhurlar bolaligi”, “Iste’dod – millat mulki”, “Odob bo‘stoni”da e’lon qilingan  maqola, suhbatlarni  miriqib o‘qiyman. “Nishona”, “Ilk qadam” ruknida yoritiladigan o‘quvchilar  ijodini diqqat bilan o‘rganib, ulardan  saboq olaman. Chunki o‘zim ham she’rlar mashq qilaman-da...

Yana bir muhim gap, avval  jurnalni  kutubxonada   navbat kutib o‘qirdim. Bu yil esa jurnal mening, aniqrog‘i barcha sinfdoshlarimning shaxsiy kutubxonasidan joy oladi. Chunki, jurnalning 2023-yilgi nashrlari uchun har birimiz obuna bo‘ldik.

Maqsadim – yangi yilda jurnalning nafaqat muxlisi, balki faol muxbiri ham bo‘lish. Maktabimiz, mahallamizdagi yangiliklar,  maktabdoshlarim qo‘lga kiritgan  yutuqlar, yangi yozgan she’rlarim bilan  “Gulxan” o‘quvchilarini ham  xabardor qilish. Jurnal sahifalarida uchrashguncha, qadrli tengdoshlar.

Gulsanam MAMIROVA,

Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 1-IDUMning

 10-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.