Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maqolalar

Tark etmas taassurotlar

Fasllar bir-birini quvalab, oltin kuzning ikkinchi oyi ham eshik qoqdi.  Garchi, uch oylik ta’til ortda qolgan bo‘lsa-da, uning tafti ayrim tengdoshlaringizni haligacha tark etmagan. Bir yoshga ulg‘aygan, ruhiyatida taloto‘p boshlangan 8-sinf o‘g‘il-qizlarining ta’til taassurotlarini siz bilan o‘rtoqlashgimiz keldi. Keling, ularning qalb…

To‘liq...

Tik Tok nega yaratilgan?

Telefoningizda TikTok das­turi bor-a? Mobil qurilmalari mav­jud bolalarning deyarli barchasi bu platformadan foydalanishi aniq. Chunki unda sizni zeriktirmaydigan musiqiy videoroliklar bor. O‘zingiz ham tarmoqda videolaringizni ulashib turasiz. Bu dasturda hattoki vaqtingiz qanday o‘tganini ham sezmay qolasiz. To‘g‘rimi? Keling, bu haqida…

To‘liq...

Kamalakning kamoloti

Inson yaralibdiki, o‘zi yashayotgan jamiyat bilan hamohang umr kechiradi, uning bir bo‘lagi sifatida unga singib ketadi. Shunday ekan, shaxsiy hayotidan tashqari jamiyatdagi yangiliklar, muammolar va yutuqlar haqida bosh qotirish har bir insonning vazifasi. Ushbu vazifani a’lo darajada bajarganlarni esa ijtimoiy faol kishilar deymiz. Bugun talaba…

To‘liq...

Sifatlash

Qadim-qadim zamonda insonlar odam­larni, jonivorlar, narsalarni biror nom bilan ataganlarida goh mimika, goh so‘zda harakatni ko‘rsatganlar. Tasavvur qiling-chi, hozir ham so‘zlashuvda va adabiyotda sifat bo‘lmasa fikringizni to‘la ifodalab bera olarmidingiz? Yo‘q, albatta. O‘zingizni qanday his qilishingizni, ya’ni his-tuyg‘ularingizni…

To‘liq...

Istiora

Meni nimaligim, qandayligim bilan qiziqyapsizlarmi?  Men ISTIORAMAN. Qa­dim zamonlarda ibtidoiy odam hayotini yashash uchun kurashdan boshlagan. Ushbu yo‘lda birinchi qadamlar qo‘ygan. U asta-sekin olov yoqishga, ekin ekishga, uy qurishga moslashgan va mehnati davomida uning tili, nutqi rivojlanavergan. U tabiatdagi  o‘zgarishlarni…

To‘liq...

Aql zakovat – bebaho ne’mat

Maqsad – mehnatsevar, o‘z ustida ish­laydigan, bilimlilarning do‘sti. U vaqtdan unumli foydalanishga undaydi. Maqsadimiz bo‘lsa, hayotda yo‘limizni topishga qiynal­maymiz.

Mohinur Nasimova ana shunday yosh­lardan. U Toshkent shahridagi 294-maktabning 11-sinfida o‘qiydi. Kelajakda turizm bo‘yi­cha mutaxassis bo‘lib, yurtimizda soha…

To‘liq...

So‘zlar cho‘ntakka sig‘masa

Lisonbek bugun xo‘rozdan oldin uyg‘ondi. Rejalashtirgan ishlari ko‘p: bankka, universitetga, bozorga borishi kerak. Sochini eng so‘nggi yevropacha usulda orqaga qilib taradi, gulli ko‘ylagini kiydi. Hozir aksariyat yosh­lar shunday kiyinayotgani, erkak-u ayolning libosini farqlab bo‘lmay qolgani haqida o‘yladi ichida. Eshik yoniga keldi,…

To‘liq...

Evril Turonning “Oynur” asari

Go‘zal kunlar ke­li­shi­ni kutma, unga tomon borishni unutma.

***

Qilich o‘z-o‘zidan qi­lich bo‘lmaydi. Ustaning qo‘­lida, bolg‘ada, o‘tda pi­sha­di.

 ***

Odam Vatanidan ay­ril­­ganida, olisda, o‘z­ga yurt­da yurganida, gar­chi u erkin dunyo bo‘l­sa ham, yu­ragida mudrayotgan…

To‘liq...

Oppoq bulutlar

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Temur Polatov asarlarini nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyoti ixlosmandlari  ham sevib o‘qiydi. Mashhur rus tanqidchilaridan biri adibning “G‘oyibning ikkinchi safari” asari haqida gapirar ekan: “Ernest Hemingueyning choli tirikchilik yo‘lida ovga chiqqan. Temur Po‘latovning choli esa vatanini izlab yo‘lga…

To‘liq...

Kelajak me’morlari

(1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni)

Har yili yurtimizda O‘qituvchi va murabbiylar kunini katta bayram qilamiz. Guldastalar olib ustozlarimizni tabriklashga oshiqamiz.

Bu yil ham Prezidentimiz Farmoni bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan yuzdan ortiq o‘qituvchi va murabbiylar faxriy unvon, orden va medallar bilan…

To‘liq...

Rauf Parfi

Rauf Parfi 1943-yil 27-sentyabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ildi. Ota-onasi Parfi Muhammad Amin va Sakina Isabek qizi mustabid tuzum davrida Farg‘onaning Vodil hududidan bu yerga ko‘chib kelgan.

Bo‘lajak shoir “Sharq yulduzi” (1-7-sinflar), Sho‘ralisoy (53-maktab, 8-9-sinflar), Yangiyo‘l shahridagi Alisher…

To‘liq...

“Gulxan”da xanda

***

Xonada o‘yinchoqlarini taqir-tuqur qilib o‘ynayotgan 5 yoshli E’zozaga oyisi:

–   O‘yinchoqlaringni taraqlatavermagin. Singling uxlayapti, – dedi.

–   Men qilmayapman, oyijon,  o‘yinchoqlarim o‘zi to‘polonchi, – dedi E’zoza.

***

–   Olmani tishlaganingda undan chiqib turgan qurtni ko‘rishdan ham yomon narsa…

To‘liq...

Xoh ishoning, xoh...

Bugun  zamon jadal rivojlanayotgan, inson tafakkuri nihoyatda  charxlanib, olam­shumul  yangiliklar  yaratayotgan  bir paytda sayyoramizning  qayeridadir  hali  ham  ib­ti­­doiy jamoa davridagidek fikrlab,  o‘shanday  og‘ir   sharoitda yashayotgan, olamga …

To‘liq...

Marafon

***

Bo‘ri bolasi onasi uqtirgan qonun va qo‘rquvning qandaydir ta’siri ostida bo‘lgani uchun ham g‘or og‘ziga yaqin yo‘lamasdi.                     

 ***

Inson o‘zi e’tiqod qilgan ilohlari kamsi­tilsa, yoki o‘z mehnati bilan bunyod…

To‘liq...

Dadil qadamlar

Hash-pash deguncha, yoz­gi ta’til ham o‘tib ketdi. O‘tgan yili ta’til boshida bu­vim, onam, opam va ukam bilan Marg‘ilon shahrida joylashgan Er­kin Vohidov nomidagi ijod maktabiga borgandik. Mak­tab Ijodkorlar bog‘iga ulangan bo‘lib,  uning mar­kazida yurtimizning sevimli farzandi, O‘zbekiston qahramoni shoir Erkin…

To‘liq...

Osiyoni hayratga solgan qiz

Tanishing, Barnoxon Sayfullayeva. 2005-yilda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan. Balandlikka sakrash bo‘yicha 30 marotaba O‘zbekiston, ikki marta Markaziy Osiyo chempioni bo‘lgan; bir nechta xalqaro turnirlar g‘olibi. 2022-yilda 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Quvaytda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1,84 santimetr natija…

To‘liq...

Ernest Hemingueyning yosh yozuvchiga maslahati

 

* * *

Qaysidir hikoya ustida ishlar ekanman, odatda, tongda yozishga kirishaman. Agar yozishga ishtiyoqim kuchli bo‘lsa, hech kim, hech narsa menga xalaqit berolmaydi. Xonaning iliq yo sovuqligi ham ahamiyatli emas. Butun diqqatimni asarga jamlab, shavq bilan yozaman. Odatda, kelasi sahifalarda nimalar bo‘lishini sezgan paytimda yozishni…

To‘liq...

“Buxoro varnet” mo‘jizalari

Issiqxonada  o‘quv  markazi  faoliyat  yuritishi  mumkinligini tasavvur  qila olasizmi?  Dastlab  men  ham  bu haqida  eshitganimda hayron  qoldim. Va  bunday   g‘aroyib markazni  o‘z ko‘zim bilan  ko‘rishga  oshiqdim.

Hammaga ma’lum, Buxoro viloyati…

To‘liq...

Ana iqtidor-u mana iste’dod

Yaqinda “Los Anjeles  Times” nashrida  e’lon  qilingan xabar  ko‘pchilik  o‘smirlarning  havasini  keltirdi.  Nega  deysizmi?  Negaki    kaliforiyalik   14  yoshli Kayran  Kuazi tex­nika  qiroli  Ilon  Maskka qarashli Spake X…

To‘liq...

E’tibordan mamnunmiz

Tog‘lar bag‘rida joylashgan so‘lim Angren shahrida yashayman. Men yashayotgan jannatmakon go‘sha, ayniqsa, bahor, yoz fasllarida naq ertakdagi Susambilni eslatadi. Men judayam omadli, baxtli qizman. Chunki shunday afsonaviy go‘zal go‘shada tug‘ilib, obod xonadonda ulg‘aymoqdaman.

Ta’til boshlanishi bilan o‘quv dargohi­mizda ta’mirlash ishlari…

To‘liq...

Sizni buyuk ishlar kutmoqda

Xuddi yil fasllariga o‘xshab bolalarning fe’l-atvori ham turlicha bo‘ladi. Kimdir o‘rtoqlari bilan o‘yindan beri kelmasa, kimningdir do‘sti yo‘q. Yana biri arazchi bo‘lsa, boshqasiga gap ta’sir qilmaydi, bittasi so‘zamol, ikkinchisi kamgap. Shu sababli ular xarakter xususiyatlaridan kelib chiqib, ba’zi muammolarga duch kelishadi. Bu borada uzoq…

To‘liq...

Dunyo bo‘ylab mehr sochib

Biz beg‘ubor bolalarmiz,

Qalbimizda sayroqi soz.

Ochilgan gul lolalarmiz,

Cheksiz bizda orzu-havas.

 

Vaqt tizgini qo‘limizda,

Qaynab toshar dilda ilhom.

Quyosh porlar yo‘limizda,

G‘ayratlimiz ham peshqadam.

 

Gul hayotni tinim bilmay,

Kecha-kunduz kuzatamiz.

Xizmatlarga turibmiz shay,

Nosoz joyni tuzatamiz.

 

Ezgulik deb ko‘ngil…

To‘liq...

Kitobni ulug‘lagan ulug‘lar

Gulxanjonning aziz muxlislari! Sahifamizning bu galgi mehmoni – O‘zbekiston Milliy televideniyesining ustoz suhandoni, noyob ovoz sohibasi, o‘zbek radio va televideniyesi diktorlik maktabi asoschilaridan biri, 200 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlarga ovoz bergan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, oliy toifali suxandon, “Do‘stlik” va “Mehnat…

To‘liq...

E’tirof

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari…

To‘liq...

Kutilayotgan xushxabar

Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston bolalari uchun ko‘pdan beri kutilayotgan xushxabarni eshitib behad quvondik. Bu – yangi ta’mirdan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasi binosining ochilishidir.

Kutubxonaga kirib borar ekanmiz, ta’mir va dizayn ishlarida  xalqaro darajadagi  yondashuvni ko‘rdik. Xonalar yorug‘,…

To‘liq...

Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan

...Bundan roppa-rosa o‘ttiz ikki yil muqaddam O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. O‘tgan davrda biz qancha sinovlarni boshimizdan o‘tkazdik, ko‘plab qiyinchilik va mashaqqatlarni birgalikda yengdik.

...Siz, azizlarning Vatanga…

To‘liq...

Begali Qosimov

Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1984), professor (1986), O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999) Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tavallud topgan.

Toshkent davlat uni­versitetining (hozirgi O‘zMU)filologiya fakul­tetini tugatgan (1963). Shu yerda o‘qituvchi (1966-67), katta…

To‘liq...

Birgalikda men, sen, biz – tabiatni asraymiz

Qizaloq:

– Oyijon, dadajon, kasal emish tabiat.

Oyisi:

 – Xavotir olma qizim, davolaymiz biz albat.

Qizaloq:

– Rostdanmi? Qanday qilib?

Oyisi:

– Hozir olasan bilib.

Oyisi:

– Zarur bo‘lmasa chiroq,

O‘chirib qo‘ying shu choq.

Bolalar:

– Mana o‘chirdik chaqqon,

Chiroqlarni, oyijon.

Dadasi:

– Suvni qilmaylik isrof,

Har yer bo‘lsin, toza, sof.

Bolalar:…

To‘liq...

Taʼtilda kitob mutolaasi

Yozgi  ta’tilni  ba’zilar  bog‘ va tog‘larda  sayr   qilish, anhor-u  soylarda quloch otib cho‘milish, turli ko‘ngilochar o‘yinlarni tomosha qilish, mehmondorchilikka borish, oila-a’zolari bilan sayohatlarga chiqish deb tushunadi. Balki, bu ham to‘g‘ridir. Ammo, men ta’tilni fikrni  boyitishga, …

To‘liq...

Vatan sari bir qadam

“Bolaligimda dadam yangi yil arafasi Germaniyaga xizmat safariga borar, har gal bir chemodan shokolad olib kelardi. O‘shanda Germaniyanikidek shokolad boshqa joyda bo‘lmasa kerak, deb o‘ylardim. Shu bois, bu davlat bola ko‘nglimda g‘oyat shirin shokoladlar vatani sifatida taassurot qoldirgan. O‘quvchiligimda esa uning eng rivojlangan davlatlardan…

To‘liq...

Samo bilan sirlashmoq uchun

Chingiz Aytmatovning otasi “Xalq dushmani” degan tuhmat bilan hibsga olingach, bo‘lajak daho yozuvchini yolg‘iz onasi voyaga yetkazgan.

Hamid Olimjon esa onasi Komila aya  aytib bergan dostonlar, xalq qo‘shiqlari ta’sirida ulg‘ayib, shoir bo‘lgan.

Shubhasiz, sizning qo‘lingizga ham daftar-qalamni onangiz tutgan.  Maktab uy vazifalarini…

To‘liq...

Tabiat tabib ekan…

Men tabiat qo‘ynida rasm chizishni yoq­tiraman. Ayniqsa, bahorda dala-qirlarda yash­nagan ko‘m-ko‘k maysalarni ayt­may­sizmi...

Birsam, maysalar shitir-shitir qildi. Qarab tursam, bir mushuk bazo‘r sudralganicha maysalarni saralab-saralab, hidlab yeyapti. “Axir, mushuklar go‘shtxo‘r hayvon-ku”, deb hayron bo‘ldim. “Balki, qorni…

To‘liq...

Samarqand sayqali

Jannatmakon yurtimizda muqaddas qadamjolar, sayyohlik hududlari, yam-yashil bog‘lar, muhtasham binolar juda ko‘p. Ayniqsa, ro‘yi zamin sayqali qadim Samarqand shahrining tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan bugungi ko‘rki minglab vatandoshlarimizni, xorijlik sayyohlarni o‘ziga ohangrabodek tortadi.

“Boqiy shahar” degan nom bilan Sharq…

To‘liq...

Shoir boʻlganmish

Miraziz juda ko‘p badiiy kitob o‘qiydi. Shundanmi,  gohida  she’r  mashq qilib turardi. Biroq negadir yozganlarini sinfdoshlariga emas, menga ko‘rsatardi. Unga havas  qilib men  ham  she’r, hikoyalar  yoza boshladim.  Qishki  ta’tildan so‘ng  maktabga  kelgan zahotim e’lonlar taxtasidan…

To‘liq...

“Chotqol”dagi taʼtil taassurotlari

Bolalar, siz qaysi faslni yoqtirasiz? Aytmasangiz ham may­li, chunki o‘zim bilaman. Albatta, yozni-da! Sababi, unda ta’til uzoq davom etadi. G‘arq pishgan shaftoli-yu o‘riklar sizga kuch-quvvat beradi. Anhor-u ariqlarda, soy va daryolarda cho‘milasiz. Oromgohlar bag‘rida mazza qi­lib dam olasiz. Do‘stlar orttirasiz, turli chiniqtiruvchi…

To‘liq...

Barcha gʻolib Oʻzbekistondan

Esingizda bo‘lsa, “Gulxan” jurnalining 2022-yil 11-sonida “Tabiiy fanlar toshdek og‘ir...mi? (Yoxud mashaqqatni nazarga ilmagan kichkina buyuklar)” nomli maqolamiz e’lon qilingandi. Unda bo‘lg‘usi o‘zbek “Mendeleyev”lari – Azizbek Nazarov, Shahzoda Hakimovalar kelajakdagi rejalari, orzulari haqida sizlarga so‘zlab berishgandi. Bugun o‘sha orzular…

To‘liq...

Adabiyot va sheʼriyat bayrami

Yaqinda Jizzax viloyatida respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari bo‘lib o‘tdi. Uch kun davom etgan ushbu anjumanda adabiy muloqotlar, ijodiy suhbatlar, mahorat darslari, kitob taqdimotlari, mushoiralar, she’riyat oqshomlari bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilari Zominning betakror tabiati bag‘riga sayohat qildilar.  Yosh…

To‘liq...

Men – oʻsha qovoqvoyman

Sahifamiz mehmoni – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, yosh tomoshabinlarning sevimli aktyori Abdusamad Joraboyev. Aktyor “Shum bola”, “Besh bolali yigitcha”, “Qovoqvoy va Chanoqvoy” kabi bir qator spektakllarda, “Jiblajibon” teleserialida, teleminiatyuralarda yaratgan o‘ziga xos rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Ibrat namunasi…

To‘liq...

Imkoniyatlar eshigi

Yozgi ta’tilning so‘nggi kunlarida mazza qilib dam olayotgan aziz muxlislar. Mana, yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. “Yaxshi dam, mehnatga hamdam”, deydi donolarimiz. O‘ylaymanki, ta’tilning har bir kunini mazmunli o‘tkazyapsiz.

Jannatmakon yurtimizni yoshlar mam­lakati deyishadi. Bu bejiz emas, albatta O‘zbekistonda…

To‘liq...

Muhiddin OMON

Muhiddin Omon 1963-yil 18-martda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Qorakesak qishlog‘ida tug‘ildi. 1985-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirdi. “O‘zbekiston” nashriyotida, “Sog‘lom avlod uchun” jurnalida, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida, O‘zbekiston…

To‘liq...

Qutlov

...Keyingi vaqtda yurtimizda kitobxonlikni ommalashtirishdek ezgu ishga nashriyot-matbaa sohasi xodimlari ham munosib hissa qo‘shayotganini alohida e’tirof etish lozim. So‘nggi yillarda respublika nashriyotlari tomonidan 132 million nusxa badiiy kitob va boshqa adabiyotlar chop etilgani kitobsevar xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning ong-u…

To‘liq...

Hayot – koʻhna, dono muallim

Sahifamiz mehmoni – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Bobur Bobomurod. Ijodkorning “Ko‘zgudagi odam”,  “Yolg‘iz qolgan ayol”, “Elim bo‘ldi davlatli”, “Esiz odam”, “Chimyon taronalari”, “Sukutdagi go‘zal”, “Umr bahori”, “Bir kun kelib”, “Yuragim”, “Xudo bergan o‘zbekka”,…

To‘liq...

Belbogʻ

(Toshkent shahridan yozib olindi)

O‘yinda odatda besh nafar bola ishtirok etadi. Ulardan biri o‘yinboshi, ya’ni o‘yinda adolatni yo‘lga qo‘yuvchidir.

Tartibga ko‘ra, ikkita bola bir-birlariga orqa o‘girib, oyoqlarini kerib tik turadilar. Ularning oyoqlari tagiga arqondek qilib belbog‘ tashlab qo‘yiladi. Shart shulki, belbog‘ har ikkala ishtirokchi…

To‘liq...

“Istiqlol”ning quvnoq kunlari

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiya­dorlik jamiyatiga  qarashli “Istiqlol”  bolalar sog‘lom­lash­tirish oromgohi Zomin tumanining  xush­manzara  tog‘larida  joylashgan. Hozir ikkinchi bosqichda 210 nafar bola dam olmoqda. Hordiq kunlari maroqli o‘tishi  uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.…

To‘liq...

Marafon

Yaqinda ta’til bahona Erkin Vohidovning “So‘z latofati” kitobini o‘qib chiqdim. Kitobni tugatdim-u ona tilimga mehrim tovlanib ketdi. Ichimdan “Har bir o‘zbek bu kitobni o‘qishi va uqishi kerak ekan”, degan o‘y o‘tdi. Kimni ko‘rsam shu kitob haqida yoki kitobdan uqqanlarim haqida gapira boshladim. Negadir hamma-hamma bu kitob haqida bilishini…

To‘liq...

Ilmning omonati

Qadim zamonda bir usta temirchi bo‘lib, bu hunarni ipidan ignasigacha bilar ekan. Bundan tashqari, u gullarni juda yaxshi ko‘rgani uchun ustaxonasi oldida g‘aroyib gulzor barpo qilgan ekan. Temirchi keksayib kuchdan qola boshlagach, hunarini o‘rgatish uchun shogird olishini e’lon qilibdi. Shunda uning oldiga uchta yigit kelibdi. Temirchi…

To‘liq...

Ota-onangiz umraga boradi, agar...

“Al-Aziz” akademiyasi haqida eshitganmisiz? Menimcha, qulog‘ingizga chalingan. 2019-yilda Yangiyo‘l shahrida tashkil etilgan ushbu akademiya bugun 4800 nafardan ortiq o‘quvchining ta’lim maskaniga aylangan. Ayni paytda, ilm istab kelgan o‘g‘il-qizlar markazdagi 150 dan ortiq malakali ustozdan bilim olmoqda. Akademiyada tibbiyot, dizayn, xorijiy…

To‘liq...

Vobkentning ixtirochi bolasi

9-sinf o‘quvchilari! Ayting-chi! Siz bu davrgacha nimalarga erishdingiz? Ilm-fan, san’at, madaniyat, sport yo‘nalishida qanday yutuqlarni qo‘lga kiritdingiz? Menimcha, talaygina bo‘lsa kerak. Unda yaxshi. Aynan sizning auditoriyangizni tilga olishimning boisi, Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi tengdoshingiz Shahzod Erkinov barmoq bilan o‘t oldirsa…

To‘liq...

Tabiatning tillo zanjiri

YOZNING QAYNOQ KUNLARIDA

Yurtimizda yoz faslining eng issiq va jazirama kunlari boshlandi. To‘g‘risini aytganda, biz  bunday ob-havoga o‘rganib ham qolganmiz. Faqat bir narsa bizni o‘ylantiryapti – suv tanqisligi masalasi. Ijtimoiy tarmoqlarda, televizor kanallari orqali bu borada tez-tez  ekolog mutaxasisslarning chiqishlari namoyish…

To‘liq...

Sonlar baxsi

Bir kun sonlar yig‘ilib,

O‘tkazibdi zo‘r yig‘in.

Har qaysi o‘z fikrini

Aytibdi birin-sirin.

 

Qo‘lin beliga qo‘yib

Nol o‘rtaga chiqibdi:

– Hammangizdan men zo‘rman, –

Deb qorniga nuqibdi. 

 

Qad-qomatin tik tutib,

Bo‘y ko‘rsatibdi Biroy:

– Men hammaga ustunman

Sezmagansiz, hoynahoy.

 

– Maqtanmasdan ey daroz,

O‘pkangni bosgin…

To‘liq...

Maroqli dam – yutuqqa hamdam

Uchtepa tuma­nida­gi 236-maktab  o‘quv­chi­­lari, – tog‘ bag‘ri­dagi  orom­gohlarga bor­mas­dan ham maroqli dam olish mumkin ekan, –  deyishmoqda. Nahotki, de­yi­shga shoshilmang!  Gap shundaki, bu bo­la­­lar yozgi  ta’tilni  mak­­tabda tashkil …

To‘liq...

Taʼtilning totli tashvishlari

Keling, yozgi taʼtilni qanday tasavvur qilishingizni oʻzim ayta qolay! Salqin sayilgohlar, sersoya xiyobonlar, istirohat va hayvonot bog‘lari, bolalar maydonchalari... Bunga ishonchimning boisi, ayni kunlarda poytaxtimizning “Ashxobod”, “Anhor-Lokomotiv”, “Dream Park”, “Magic City” kabi ko‘ngilochar maskanlari bolalar bilan gavjum. U yerda ko‘pgina…

To‘liq...

Biryoʻla uchta oʻrin

Ozarbayjon  poytaxti Boku mezbonlik qilgan  eng yosh maqomchilarning XIII   Xalqaro mug‘om festivali nihoyasiga yetdi. Xalqimizning bebaho xazinasi bo‘lmish maqom san’ati qudratini qo‘shni zaminda namoyish etgan iste’dodli o‘g‘il-qizlar faxrli o‘rinlarni egallab yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib keldilar.

Har ikki yilda…

To‘liq...

Urre, “Shum bola” jahon adabiyoti arenasida

Bilamizki, siz yev­ro­palik Janni Rodari, An­tuan de-Sent Ekzyuperi, Hans Kristian Andersen asarlarini sevib o‘qiysiz. Biroq hech o‘ylab ko‘r­ganmisiz?  Xorijlik teng­dosh­laringiz qaysi  o‘z­bek adiblarining  asar­ini qi­ziqib mutolaa qiladi?

Xal­qaro  bolalarni  himoya qilish kuni…

To‘liq...

Ertangi kun uchun

9-iyul kuni yurtimizda siyosiy jarayon – muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Xalqimiz farovonligi, taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim bo‘lgan bu saylov jarayonlari juda qizg‘in o‘tdi. Dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan kelgan kuzatuvchilar jarayonlarga yuqori baho berdi. Vatanimiz, xalqimizning ertangi kuniga…

To‘liq...

Umida Abduazimova

Umida Abduazimova 1953-yil 31-mayda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Bobodehqon” mahallasida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgach Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1970–1975).

Shoira mehnat faoliyatini Oʻzbekiston televideniyesi Adabiy-dramatik koʻrsatuvlar tahririyatida…

To‘liq...

Qutlov

Bugun oʻzbek bolalarining boshlarini “qotirib” oʻylashga, hozirjavoblikka, mantiqan fikrlashga, izlanishga undab kelayotgan Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi 19-maktab oʻquvchisi Anvar Mirzayevning ilk topishmoqlari “Gulxan” jurnalida eʼlon qilinib, jurnalxonlar tomonidan iliq kutib olinganiga naq 60 yil boʻlibdi. Endi u kishiga Anvarjon…

To‘liq...

Maktabda uchrashuv

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi 26-maktabda taniqli ijodkorlar: Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Zikrilla Neʼmat, Chorshaʼm Roʻziyev, Sirojiddin Rauflar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuv Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Gʻijduvon tuman boʻlimi hamkorligida tashkil qilindi. Oʻquvchilarni milliylik ruhida…

To‘liq...

Xushxabar

Yaqinda Vatanimiz tarixida yangi sahifa ochildi. Matematika fanidan uzoq yillardan beri oʻtkazib kelinayotgan Xalqaro darajadagi Bolqon olimpiadachilari safiga Oʻzbekiston ham qoʻshildi. Olimpiadaning bu yilgi mezboni Turkiyaning Antaliya shahri boʻldi. Unda 24 ta mamlakatdan 132 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etdi.

Oʻzbekiston terma…

To‘liq...

Tabiatning tanti taftida

Havo toza, suvimiz serob, hosilimiz moʻl-koʻl boʻlmasa, hayvonlar va oʻsimlik turlari kamayib, yoʻqolib ketaversa, bizning yashash sharoitimiz ham yomonlashadi. Chunki inson hayoti ular bilan chambarchas bogʻliq. Inson – tabiatning bir qismi. Tabiat ajdodlardan qolgan merosgina emas, avlodlarga qolayotgan omonat hamdir.

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari…

To‘liq...

Ilmning boshi

Bir olim odobning koʻrinishlari haqida suhbatlashish uchun oʻz shogirdlarini uyiga chaqirdi. Bu suhbatga keksa ustozini ham taklif qildi.

Olim shogirdlariga munozarani boshlab turishni aytib, oʻzi taom tayyorlash uchun chiqdi.

Olimning ustozi biroz kechikib kelib, suhbatni boʻlmay, poygakka oʻtirdi. Yupun kiyingan qariyaga hech kim eʼtibor bermadi.…

To‘liq...

Rahmat oʻrniga tanbeh

Oʻzbeklar azal-azaldan bolajon xalq. Bolasi uchun osmondagi oyni ham olib berishga tayyor ota-onalar koʻpchilikni tashkil qiladi. Bu kabi azaliy odatlarimizdan gʻururlanamiz. Lekin yaqinda Yaponiyadagi yurtdoshimiz Bahodir Iskandarovning “Yaponcha farzand tarbiyasi” degan maqolasini oʻqigach, oʻylanib qoldim va muallif bilan telefon orqali…

To‘liq...

Musiqa darsi muhim(mi?)

Odatda, koʻpchilik maktabda musiqa darsini ikkinchi darajali fan, deb hisoblaydi. Oʻquvchi tafakkurining boyishida maʼnaviy tarbiyasida musiqaning tutgan oʻrni haqida oʻylab koʻrishmaydi.

Agar Oʻzbekiston davlat madhiyasini bogʻcha va maktablarda musiqa oʻqituvchilari oʻrgatmasa, uni bolalarga ota-onalar oʻrgatmaydi-ku, toʻgʻrimi? Balki ota-onalar…

To‘liq...

Marafon

...Agar azamat chinorni boʻy-basti bilan koʻraman desang, sal naridan turib qara, yonidan qarasang, uning faqat bir boʻlagini koʻrasan, uzoqdan qarasang, butun salobati bilan koʻrasan.

 

***

Ona xalqining dardiga hamdard, quvonchiga sherik boʻla oladigan, har qanday mushkul sharoitda ham uni himoya qila oladigan ijodkorgina mehrga,…

To‘liq...

Qirgʻiz bolalari qanday kitoblar oʻqiydi?

Qadrli doʻstlar, yaqinda Gulxanjon bilan xizmat safarida Qirgʻiz Respublikasida boʻldik. Va u yеrdan sizga bir olam kitoblar olib keldik. Qirgʻiz bolalari qanday kitob oʻqishar ekan, deysizmi? Eh-he, taassurotlar bir olam. Keling, bir boshdan boshlaylik.

Poytaxt kutubxonalari jamgʻarmasining aksariyat qismini rus tiliga tarjima qilingan jahon…

To‘liq...

Yurt koriga yaraganlar

Yurt koriga yaraganlar

Hademay siz – oʻgʻil-qizlar uchun eng tantanavor sana – 30-iyun – Yoshlar kuni keng nishonlanadi. Unda oʻzining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yoʻnalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, tengdoshlariga…

To‘liq...

Qutlov

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Umida Abduazimovaning quvnoq sheʼrlarini darsliklar va bolalar gazeta-jurnallarida miriqib oʻqigansiz. Bilasizmi, Umida opa nega bolalarni, bolalar nashrlarini yaxshi koʻradi? Chunki uning ilk sheʼrlari “Gulxan” jurnalida Oʻzbekiston xalq shoiri Poʻlat Moʻminning oq yoʻli bilan eʼlon qilingan. Demak,…

To‘liq...

Bayram bayramga ulandi

Bayram bayramga ulandi

Bu yilgi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni biz – bolalar nashrlari xodimlari uchun qoʻshaloq bayram boʻldi. Nega desangiz, bayram arafasida respublika bolalarining sevimli gazetasi – “Tong yulduzi” “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti Xalqaro tanlovida gʻoliblar safidan joy oldi. Biz hammaslak hamkasblarimizni gʻoliblik bilan…

To‘liq...

Adabiyot – abadiyatdir

Qozoqboy Yoʻldoshev deganda, oʻzbek tilining qadr-qimmati haqida kuyinchaklik, oʻrni kelganda, keskinlik bilan fikr bildiradigan millatparvar ziyoli koʻz oldimizda gavdalanadi. Qozoqboy aka – adabiy tanqidchilik, adabiyotshunoslik, tilshunoslik va boshqa qator sohalarda dadil fikr yurita oladigan peshqadam mutaxassis. “Zomin soʻzligi” lugʻati,…

To‘liq...

Qalbi uygʻoq bolalar

Qadrli o‘quvchilar, darslik kitoblaringizni kutubxonaga topshirib, orziqib kutganingiz yozgi ta’til kunlarini ham boshlab yubordingizmi? Ta’tilga qanday rejalar tuzganingizni bilmadim-u, lekin uni behuda o‘tkazib yubormang. Orangizda “Bu mening ta’tilim, nima qilsam, o‘zim bilaman” deydigan bolalar ham topiladi. Lekin xalqimizda “Vaqting ketdi –…

To‘liq...

Murod Muhammad Do‘st

Murod Muhammad Do‘st 1948-yili Samarqand yaqinidagi Jom qishlog‘ida tug‘ildi. Hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetida, so‘ng Moskvadagi adabiyot institutida tahsil oldi.

U “O‘zbekfilm” kinostudiyasida, “Sharq yulduzi” jurnalida, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, “O‘zbekkino” Davlat aksiyadorlik kompaniyasida xizmat qildi.

Bir vaqtning…

To‘liq...

O‘zim topib kelganman…

Sport – insonni sog‘lik, go‘zallik va mashhurlikka yetaklovchi yo‘l. Sportning koni foyda ekanligini bilgan bolalar mashg‘ulotlarni kanda qilmaydi.

Tengdoshingiz, Toshkent shahar Yunusobod tumani 235-maktab o‘quvchisi Yahyobek Qobilov sportga qanday kirib kelgani haqida shunday dedi: “To‘garagimizni o‘zim topib kelganman, bir kuni ertalab maktab…

To‘liq...

Chol va dengiz

1.   Endi o‘zingda yo‘q narsa haqida o‘ylashning vaqtimas. Yaxshisi, bor narsa bilan nimadir qilish haqida fikrlagan yaxshi.

2.   Baxt odamga turfa ko‘rinishda beriladi, uni qanday tanir eding ham? Men, masalan, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, chimdim bo‘lsa ham baxt olar va uning haqiga nima so‘rashsa, to‘lar edim.

3.  …

To‘liq...

Pichugin ko‘prigi

Taniqli  rus  yozuvchisi Yevgeniy Andreyevich Permyak (Vissov) 1902-yilda tug‘ilgan.  “Kim bo‘lish kerak?” (“Кем быт”) nomli ilmiy ommabop  romani bilanoq el og‘ziga tushgan  yozuvchi  bolalarga  ham   “Kulrang  bo‘ri haqida   ertak”, “Qari alvasti”, “Mavrikning  bolaligi”, “Bukri…

To‘liq...

“Davra”ning davrasi kengaydi

Yashnobod tumanidagi 170-maktabda kitob­xonlik targ‘iboti muntazam olib borilmoqda. Turfa adabiyotlar bilan boyitilgan kutubxonamizda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan mutolaa soatlari, “Zukko kitobxon”, “Men sevgan adib”, “Bir asar tarixi” va boshqa mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy-adabiy kechalar o‘tkazib turish odat tusiga…

To‘liq...

Qani, ketdik...

Bugun ustozlarimiz yonida, ota-onam bag‘rida, sinfdoshlarim, do‘stlarim bilan birga ekanman, so‘nggi qo‘ng‘iroq, maktab bilan xayrlashuv kuniga oz qolganini o‘ylasam, xayollarim har tomonga yetaklab ketadi. O‘quvchilik kunlarim tugagan sari uning qadriga ko‘proq yeta boshladim.  Kelajak avlod tarbiyachilari, fidoyilari, jonkuyarlari, aziz va…

To‘liq...

Men – Malala Yusufzodaman

Men – Malala Yusufzodaman

Aziz o‘quvchi, “Nobel” mukofoti haqida bilasizmi? Bu – buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar, madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissa qo‘shgan olim va tadqiqotchilarga har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotdir.

“Nobel”ning eng yosh sohibasi pokistonlik Malala Yusufzoda bo‘lib, u mukofotga mardligi va jasorati bilan…

To‘liq...

Xushxabar

Xushxabar

Joriy yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi respublika bolalarining adabiy-badiiy jurnallari “Gulxan”, “G‘uncha” hamda “Tong yulduzi” gazetasi tahririyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan maqsad vazirlikning ta’lim muassasalari kursant va o‘quvchilari, tarbiyalanuvchilari,…

To‘liq...

Bu ham rekord

Gogol shirinliklarni juda yaxshi ko‘rgan. U dasturxon atrofida bir o‘tirishda bir banka murabboni shirin kulchalar bilan qo‘shib yevorgan. Gogol cho‘ntaklarini hamisha turli konfetlar va oqqand bilan to‘ldirib, shirinliklarni do‘stlari bilan baham ko‘rishni yoqtirgan.

                                                                         …

To‘liq...

Hakamlar ham hayratda

Hakamlar ham hayratda

Belanchakdayoq o‘ziga-o‘zi alla aytib, murg‘ak qalbi ila musiqaga shaydo bo‘lgan go‘dak haqida eshitganmisiz? Yoki 1-2 yoshda televizorda qo‘shiq yangrashi bilan raqsga tushib, so‘zlarga jo‘r bo‘ladigan bola haqida-chi? Unda eshitib qo‘ying! Bu qobiliyat egasi – Firdavs Avezov.

Firdavs 4 yoshidan buyon musiqa bilan shug‘ullanadi. U musiqa…

To‘liq...

Qutlov

Qutlov

O‘quvchilik  chog‘ida  jurnal  qoshida  Temur  Ubaydullo  tashkil  qilgan  yosh qalamkash to‘garagida    ijod  saboqlarini  o‘rgangan, Ulug‘bek Mustafoyev – Ulug‘bek Mustafo  bugun 65 yo­shini nishonlamoqda.

U bugun O‘zbekiston  yozuvchilar  uyushmasi …

To‘liq...

G‘ildirakdan Trackergacha

G‘ildirakdan Trackergacha

Bilamiz, texnika va texnologiyalar olami ko‘pchiligingiz uchun qiziq. Ishonamizki, bugungi kunda kashfiyotlarning yaratilish tarixidan tortib to hozirdagi o‘rnigacha sinchiklab o‘rganasiz. Bilganlaringizdan xulosa chiqarib, o‘zingiz ham yangilik qilishga intilasiz. Aynan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kashfiyotini ommaga targ‘ib qilish…

To‘liq...

Buyuklar shoir haqida

Aziz kitobxon! Agar siz do‘konga kirib G‘afur G‘ulomning kitobiga duch kelsangiz, agar siz shu paytgacha uning kitobini uyingiz to‘riga qo‘ymagan bo‘lsangiz, uni olishga shoshiling. Chunki muqovasiga “G‘afur G‘ulom” deb yozilgan kitobda butun umrini xalqiga, yurtiga baxshida etgan buyuk zotning otashin qalbi urib turibdi.

Maqsud SHAYXZODA

 ***…

To‘liq...

Ijod – bepoyon ummon

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xalqimizning suyukli san’atkori Zulxumor Mo‘minova nomini eshitgan borki, beixtiyor jilmayib, “o‘ziga xos aktrisa”, deydi.

Haqiqatan, Zulxumor opa bir-biriga o‘xshamagan, fikrlashga undaydigan, murakkab obrazlari bilan muxlislarning ko‘ngliga kirib borgan chin ma’nodagi ijodkor.

 Latif Fayziyevning…

To‘liq...

Eng katta boylik

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng referendum asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz  kuchga kirdi. Unga “Inson–jamiyat–davlat” tamoyili kiritilgani bejiz emas.  Bu O‘zbekistonda inson qadr-qimmati, sha’ni eng oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilayotganini anglatadi.

Qomusda ta’lim va ilm-fanga oid normalar ikki baravar ko‘paydi.…

To‘liq...

Matnazar Abdulhakim

Matnazar Abdulhakim 1948-yilning 20-fevralida Urganch tumanidagi Qorovul qishlog‘ida tug‘ilgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2000). Rossiya Federatsiyasi Taganrog davlat pedagogika institutida tahsil olgan. 1982-1997-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limida adabiy maslahatchi, 1997-yildan umrining oxirigacha…

To‘liq...

“Gulxan”da xanda

***

– Gans, buving necha yoshga  kirgan? – so‘radi Marta.

– Bilmayman, men tug‘ilganimda ham u shu yerda edi, – xotirjam  javob berdi Gans. 

 

***

– Aleks, soat to‘qqiz bo‘ldi. Sen hali ham yotibsan. Tezroq tur, – dedi ona, – axir  dadang navbatchilikdan kelib qolsa nima deydi?

– Nima derdi, – onasi qornim o‘lguday och,…

To‘liq...

Yesangiz xurmo – yo‘qdir muammo

Ota-bobolarimiz arab xurmosini xush ko‘rib yeganlar. Ramazon oyida bu ajoyib meva bilan og‘izni ochish qadimdan odat bo‘lib qolgan.

Pishgan xurmo mevalari naviga qarab sariq-qizildan to‘q jigarranggacha farq qiladi. Xurmolarning quritilganligini ularning tashqi ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Po‘sti qanchalik silliq bo‘lsa, meva shunchalik yangi…

To‘liq...

Endi o‘z yulduzlarimiz bor

Futbol – millionlar o‘yini. Katta-yu  kichikni  o‘ziga  birday  mahliyo qilgan  o‘yin.  Siz bolalarning esa o‘z futbol  yulduzlaringiz bor. Ronaldo, Messi, Neymar... ularning  may­donga tushadigan  raqamini  siz  ham o‘z futbolkangizga  yozib  olgansiz. Ularga …

To‘liq...

Mehrni anglatgan she’r

Ayt, kim edik haqir Vatan quchog‘ida?

Yetim edik mushfiq ona quchog‘ida,

Ega bo‘ldik chin muhabbat bulog‘iga,

Endi adl boshimizni xam qilmaymiz –

Biz hech kimdan kam emasmiz,

                        kam bo‘lmaymiz

Ushbu misralar…

To‘liq...

Maktabda

(Adibning sinfdoshi Akmal Ikromov hikoyasi)

Mening otam savdo bilan shug‘ullanardi. 1906-yil bo‘lsa kerak, bo‘sh  yotgan  bolaxonalik  tashqari hovlimizda (yiliga ming so‘m ijara to‘lash, uy ta’mirini o‘zimiz qilib berish sharti bilan) yerli xalq bolalari uchun “Russko-tuzemnaya shkola” (rus taqlididagi boshlang‘ich maktab) ochildi.…

To‘liq...

Yashil boylik – keltirar sog‘lik

Tabiat musaffoligini saqlashda o‘simliklar olamining o‘rni katta. Ular inson uchun zarur bo‘lgan toza havo – kislorod chiqaradi. Shu bois ota-bobolarimiz azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratib kelgan. Bu an’ana “Yashil hudud” umummilliy loyihasi asosida hozir ham davom etmoqda.

Biz yaqinda tabiat qo‘yniga sayohatga chiqdik. Zomin adirlaridagi toshlar…

To‘liq...

Mag‘lubiyat “nashida”si

Halol bahs – asli shu. Yutqizgan ko‘proq yutadi. Bilmaganini bilib oladi.

(Erkin Vohidovning “So‘z latofati” kitobidan)

 

O‘sha kunni juda yaxshi eslayman, odatda hayotimga ta’sir qilgan damlar xotiramda yaxshi saqlanadi. Ishga vaqtliroq keldim. Mo‘jazgina xonamga kirib o‘tirdim. Har doimgidek, yaqinda tugatgan asarim – Lermontovning…

To‘liq...

Eh, qushlar, qushlar

1-aprel – Xalqaro qushlar kuni

Hammamiz  qushlarni  yaxshi  ko‘ramiz. Qanotli  do‘stlar, deb ardoqlaymiz. Qaldirg‘ochga ayvonimizdan joy beramiz. Sa’va, bulbul xonishlarini mazza qilib tinglaymiz. Qushlar bizga nafaqat zavq beradi, balki beminnat dastyorlik ham qilishadi. Ular – tabiat shifokori. Sichqon va kalamush kabi…

To‘liq...

“Ikki eshik orasi”ni o‘qib

“Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi to‘rt enlik”, degan  gap bor.

Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi to‘rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon... Maqsad – shu!

 

Katta vijdonsizliklar kichkina nopokliklardan kelib chiqishini bilsam, nima qilay?

 

Onalarning biz…

To‘liq...

“Kitoblarni o‘qimaslik – jinoyat…”

Qadrli “Gulxan” muxlislari, sahifamizning bu galgi mehmoni – yosh bo‘lsa-da, mashhurlikka erishgan vatandoshlarimizdan biri, taniqli aktyor, huquqshunos, radioboshlovchi, bloger, shoumen Otabek Mahkamov.

Asli kasbi yurist bo‘lishiga qaramay unda aktyorlik, boshlovchilikka tug‘ma iste’dod kuchli bo‘lgan. Shu boisdan odatda uni bir kasb bilan emas,…

To‘liq...

Kitob bayrami va Andersen

(2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni)

Aprel oyi  rosa bayramlarga boy-da!  1-aprel – Xalqaro kulgi kuni, Xalqaro qushlar kuni. Bu bayramlarni  maktablarda  bir-biringiz bilan  hazillashib, qushlarga  inlar yasab o‘tkazishingizning  ertasiga  yana bir  judayam  chiroyli  bayram  – Xalqaro…

To‘liq...

Zilzila bolalari

Navro‘z mintaqamiz xalqlarining qa­di­miy va umumiy bayramidir. Uning mohiyatida do‘stlik, ahillik, bag‘rikenglik, yaxshi qo‘shnichilik kabi olijanob fazilatlar o‘z ifodasini topgan. Xalqimiz azaldan bu bayramni do‘st-u yaqinlari, qon-qardoshlari bilan birga nishonlagan. 

Turkiy   xalqlar hamisha yaxshi va yomon kunlarda…

To‘liq...

Ulug‘ saltanat

...Do‘st-u birodarlik boshlangandan beri piri murshid Mir Sayyid Baraka Temurbekni turli holatlarda kuzatdi, xursandchilik va xafagarchiliklarda o‘zini qanday tutishini nazardan o‘tkazdi. Piri murshidga shu narsa ayon bo‘ldiki, Temurbek ulkan daryo ekan, butun dolg‘alari tubida pinhon, sirtdan esa limmo-lim to‘lib  oqayotgan Jayxun singari…

To‘liq...

Yangilanayotgan Konstitutsiya

Shu kunlarda xalqimiz Vatanimizning taqdiri va kelajagi, milliy taraqqiyotimiz uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi bilan qizg‘in tanishmoqda, muhokama qilmoqda. Bu haqida siz har kuni televizor orqali ko‘rib, eshitib turibsiz. Konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritish nima uchun kerak bo‘lib qoldi, degan…

To‘liq...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.