Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maktab madhiyasi

Bilimlar maskani o‘zingsan maktab,

Iftixor, g‘urur-la o‘yga tolaman.

Seni muqaddas deb, quvonib maqtab,

Madhingni mehr-la kuyga solaman.

 

Madhiya maktabning bezagi, ko‘rki,

Tarif etadurman ulug‘ nomingni.

Maktabim, biz uchun ustozsan bilki,

Bizlarga baxsh etding ilm-u boringni.

 

Noming buyuk hamda tabarruk abad,

Ilm-u, tafakkurning ilk zar varag‘i.

Odob-axloq sirin o‘rgatib har vaqt,

Sen asli bilimning jo‘shqin bulog‘i.

 

Ulg‘aymoq chog‘ida ulug‘ poydevor,

Sen o‘zing biz uchun qadrli maskan.

Seni madh etgayman takror va takror,

Sen borki, yosh avlod bilim-la tiyran.

 

Farangiz ABRUYEVA,

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar

ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.