Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qushlar uchdi

Dengiz tomon chorlar huv uzun yo‘llar,

Qorong‘u, ko‘rinmas na o‘ng-u so‘llar.

Manzilga eltuvchi Yaratgan qo‘llar,

To‘lqinlar mavjlanib yuragim quchdi,

Qushlar uchdi...

Keldingmi, bahorim, ko‘klamim, kutdim,

Seni sog‘indim-u qishni unutdim.

Onam qo‘llariga dasta gul tutdim,

Umrimdan oppoq qor, ayozlar uchdi,

    Qushlar uchdi...

 

Zebiniso NO‘MONJONOVA,

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf 

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.