Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yulduzlar

Osmondagi yulduzlar

Juda katta aslida.

Ko‘rinur faqat bizga,

Mitti, kichik tasvirda.

 

Ular million, mingtadir,

Turli-tuman do‘stlari.

Ko‘kda birga suzishar,

Porlab turar yuzlari.

 

Qani edi shu sirli

Koinotga yetsaydim.

Yupiterda yo Marsda,

Oyda sayr etsaydim.

 

Zilola DO‘SCHANOVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani 56-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.