Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

O‘quvchiman

O‘quvchiman tirishqoq,

Bilmayman sira charchoq.

Ko‘nglimda bilim – mayoq,

Orzularim oq – oppoq.

 

O‘quvchiman – o‘rganib,

Boryapman o‘zni tanib.

Ichyapman mehr qonib,

Vatan ishqida yonib.

 

Ustozlardan minnatdor,

O‘qiyman bo‘lib bedor.

Dilga umid, havas yor,

O‘quvchiman, men tayyor.

 

Xurshida SULTONOVA,

Andijon shahar Muhammad Yusuf

nomidagi maktab-internat 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.