Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qishloq havosi

Tinch va sokin qishloq oqshomi,

Ko‘kda jimjimador yulduzlar.

Kezib, to‘lqinlatib havoni,

Soy bo‘yiga kelishar qizlar.

Yiroqdan taralar mungli kuy,

Bu naymi, yo bulbul navosi.

Ro‘mollarni tortar daydi yel,

Qanday yaxshi qishloq havosi.

 

Sevinchoy SOBIROVA,

Urganch Turizm va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.