Taʼrif shart emas
Muallim barchaga berdi bir savol,
Tahlil qilib koʻring ushbu zamonni.
– Rustamov, qani tur, surmasdan xayol,
Xoʻsh, nechun sevasan Oʻzbekistonni?
Oʻrnidan turdi-yu, oʻylanib qoldi
Soʻng asta fikrini aytdi Davronbek.
“Saodatnoma”ni qoʻliga oldi,
Shovqindan ovozi eshitilmas lek.
Ustoz der: Jim turing, toʻpolon qilmang,
Tasvirlab bersin u shunday makonni!
Javobim: Kimlardir oʻtibdi bilmay,
Ne uchun sevishin Oʻzbekistonni.
Mening javobim-chi bittagina soʻz,
Yurak uni deya urar basma-bas.
Yurtim tinchligiga hech tegmasin koʻz,
Men uni sevaman,
Taʼrif shart emas!
Umida MAVLONOVA,
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi
maktab-internati, 9-sinf