Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qachon boʻyingiz oʻsadi

Bolalar, siz tez-tez buvingiz yoki onangizdan, “bolamning boʻyi oʻsib ketibdi, bahorda olib bergan koʻylagim kuzda kalta boʻlib qolibdi!” – degan gaplarni eshitgansiz.

Bu – bor gap. Shifokorlarning maʼlum qilishicha, bolalar tanasidagi suyaklar oʻsuvchan boʻladi. Shuning uchun ham boʻyingiz tez oʻsadi, oyogʻingiz oʻlchami kattalashadi. Hammani hayron qoldirib, taʼtil chogʻida sezilarli toʻlishasiz. Chunki bola miyasidagi oʻsishni taʼminlovchi alohida hujayralar guruhi muttasil ravishda kimyoviy modda ishlab chiqaradi. Odam 25 yoshga yetgach, bu hujayralar faoliyati tugaydi. Shundan soʻng organizm oʻsishdan toʻxtaydi.

Olimlarning taʼkidlashicha, inson hayoti mobaynida uch marta jadal oʻsish pallasi kuzatilar ekan.

Birinchisi: tugʻilgan paytidan ikki yoshgacha.

Ikkinchisi: besh va yetti yosh oʻrtasida.

Uchinchisi: oʻn ikki-oʻn sakkiz yosh oʻrtasida. Bundan iloji boricha unumli foydalanishga harakat qiling. Yaʼni, bu paytda sport bilan koʻproq shugʻullaning.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.