Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Uyqudan turayotib

Eng yomon koʻrganingiz tongda sizni uygʻotishga chorlab jiringlagan soat yoki telefon qoʻngʻirogʻining ovozi ekanligi aniq. Ishonavering, bu ovozni nafaqat siz, balki kattalar ham yomon koʻradi. Chunki inson tanasi ertalab oʻrnidan turishni yoqtirmaydi.

Ammo, 7–8 soat uxlagach, albatta, uygʻonishni odat qiling. Uygʻongach, chuqur nafas oling. Tizzalaringizni navbat bilan qorningiz tomonga buking. Aslo oʻrningizdan sakrab turib ketmang. Yuragingiz qattiq urib, ahvolingiz yomonlashishi mumkin. Avval oʻrinda biroz oʻtiring, keyin turing. Bilib qoʻying, yurak tanangizni tez, keskin harakatlarini xushlamaydi. Uyqungizni oʻchirish uchun yuvinishdan avval yuzingizni muzdek suvda yuving. Muzdek suv shishgan qovoqlarni joyiga qaytaradi. Qish kunlarida esa suv xona haroratida boʻlishi kerak.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.